Jahon banki Oʻzbekistonga 7,5 million dollar grant mablagʻlarini ajratdi. Bu nimaga sarflanadi?

19:16 13 Iyun 2024 Iqtisodiyot
442 0

Jahon banki Oʻzbekistonga energo tariflar islohotining aholining ijtimoiy zaif qatlamiga taʼsirini yumshatish maqsadida 7,5 mln dollar miqdoridagi 1-transh mablagʻini ajratdi. Maʼlum qilinishicha, grant xalqaro issiqxona gazlari savdosi simulyatsiyasi sifatida issiqxona gazlari emissiyasi qisqartirilgani uchun berilgan.

Jahon banki koʻmagida amalga oshirilayotgan «Energetika islohotlari uchun innovatsion resurslarini qoʻllash» (iCRAFT) loyihasi doirasida Oʻzbekiston prezidentining 2023-yil 8-avgustdagi qaroriga asosan amalga oshirilmoqda.

Bu loyihaning «Qisqartirilgan emissiyalarni sotib olish shartnomasi» (ERPA) komponenti doirasidagi islohotlarni, xususan, energiya tariflari islohotining aholining ijtimoiy zaif qatlamlariga boʻlgan taʼsirini yumshatish va ularni moddiy qoʻllab-quvvatlash maqsadida ajratilgan 1-transh mablagʻlari hisoblanadi.

1-transh mablagʻlari xalqaro issiqxona gazlari savdosi simulyatsiyasi sifatida Oʻzbekistonga qaytarib beriladigan, issiqxona gazlari emissiyasi qisqartirilgani uchun ajratilgan grant mablagʻlaridir.

«Ajratilgan mablagʻlar prezident qaroriga muvofiq respublikani yashil iqtisodiyotga oʻtish jarayonini jadallashtirish, issiqxona gazlarini chiqarilishini monitoring qilish (MRV) tizimini tashkil qilish, yangi tashkil etilgan Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligi va «Oʻzenergosotish» AJ faoliyatini qoʻllab-quvvatlash, shuningdek energetika sohasini tartibga solish va institutsional islohotlarni amalga oshirish, quyosh panellarini oʻrnatib berish orqali ijtimoiy himoyaga muhtoj boʻlgan oilalarni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan pilot loyihalarni amalga oshirish, mamlakatda energiya samaradorligini oshirish kabi chora-tadbirlarni moliyalashtirish uchun yoʻnaltiriladi», deyiladi xabarda.

Prezident qarorida iCRAFT loyihasining «Qisqartirilgan emissiyalarni sotib olish shartnomasi» komponenti doirasida kamaytirilgan 1 tonna uglerod emissiyasi boʻyicha kelishilgan narx 15 dollarni, «Oqibatlarni yumshatish natijalarini sotib olish shartnomasi» komponenti doirasida kamaytirilgan 1 tonna uglerod emissiyasi boʻyicha kelishilgan narx 30 dollarni tashkil etishi qayd etilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер