Jahon banki Oʻzbekistonda “Inson” loyihasini amalga oshirish uchun 100 mln dollar kredit ajratdi
Foto: Moliya vazirligi
Jahon banki ijrochi direktorlar kengashi Oʻzbekiston uchun 100 million dollar miqdorida imtiyozli kreditni tasdiqladi. Ushbu mablagʻlar “Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini ijtimoiylashuvini taʼminlash uchun innovatsion ijtimoiy himoya tizimi” (“Inson”) loyihasini amalga oshirish uchun taqdim etiladi.
Loyihaning maqsadi aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga mansub odamlar uchun ijtimoiy xizmatlardan foydalanish imkoniyati va ularning sifatini yaxshilashdir.
Loyiha qoʻshimcha ravishda Jahon banki qoshidagi “Erta yoshdagi taʼlim uchun hamkorlik” koʻp tomonlama donorlik trast jamgʻarmasi tomonidan taqdim etilgan 2 million dollarlik grant vositasida moliyalashtiriladi.
Jamgʻarma faoliyati dunyoning turli mamlakatlaridagi ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarning rivojlanishi va taʼlimini qamrab oladi. Ushbu mablagʻlar mahalliy jamoalar (mahallalar) darajasida koʻrsatilayotgan ijtimoiy xizmatlarning Oʻzbekistondagi ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalar farovonligiga taʼsirini baholash va ularning sifatini oshirish uchun yoʻnaltiriladi.
“Biz Oʻzbekiston hukumatining ijtimoiy himoyaga muhtoj aholini har tomonlama va samarali qoʻllab-quvvatlash maqsadida milliy ijtimoiy himoya tizimi salohiyatini rivojlantirishga qaratilgan saʼy-harakatlarini olqishlaymiz. Loyiha Oʻzbekistonda “gʻamxoʻrlik iqtisodiyoti” sektorining huquqiy va institutsional asoslarini rivojlantirishga koʻmaklashadi», deydi Jahon bankining Oʻzbekistondagi vakolatxonasi rahbari Marko Mantovanelli.
Loyiha Oʻzbekiston prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi (IHMA) tomonidan mamlakatning turli davlat organlari, nodavlat tashkilotlari va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish masalalari boʻyicha xalqaro hamkorlar bilan amalga oshiriladi.
Prezident huzurida Ijtimoiy himoya milliy agentligi davlat rahbarining 2023-yil 1-iyundagi farmoni bilan tashkil etilgandi. Uning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari hamda tuman (shahar)larda “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari ham tashkil etildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring