Jabrail Shapiyevning “taqdiri” bolgariyalik Magomed Ramazanovning natijasiga bogʻliq. U chorak finalda raqibiga yutqazib qoʻydi
Fransiya poytaxtida oʻtkazilayotgan yozgi Olimpiada oʻyinlarida oʻzbek sportchilari oʻz yurishlarini davom ettirmoqda.
Erkin kurash boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi Jabrail Shapiyev “Parij-2024” yozgi Olimpiada oʻyinlaridagi ishtirokini davom ettirdi.
-86 kg vazn toifasida qatnashayotgan sportchimiz Jabrail Shapiyev qiyin kechgan bahsda 1:4 hisobida raqibiga magʻlub boʻldi va ishtirokini shu joyda toʻxtatmoqda. Bronza uchun oʻtish bahsida qatnashishi uchun u yutqazgan bolgariyalik Magomed Ramazanov finalga chiqishi zarur.
Maʼlumot uchun aytish mumkinki, Jabrail (Javrail) Shapiyev 1997-yil 20-aprelda Dogʻistonda tugʻilgan. 2017-yildan beri Oʻzbekiston nomidan musobaqalarda qatnashib keladi.
Avvalroq, -57 kg vazn toifasida qatnashayotgan Gʻulomjon Abdullayev yarim finalga chiqqandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Erkaklar ayollarga nisbatan koʻproq kaloriya isteʼmol qilishi kerakmi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring