Zelenskiy AQSHga amaliy tashrif bilan boradi

11:01 11 Dekabr 2023 Dunyo
347 0

12-dekabr kuni Oq uyda AQSH va Ukraina prezidentlarining uchrashuvi boʻlib oʻtadi. Oq uydan maʼlum qilinishicha, Jo Bayden taklifiga koʻra boʻladigan uchrashuv Ukraina xalqining AQSH tomonidan qoʻllab-quvvatlanishini ifodalaydi.

“Ayni damda Vladimir Zelenskiy Argentinada boʻlib, prezident Xaver Mileyning inauguratsiyasida ishtirok etdi. Qoʻshma Shtatlarda Zelenskiy boshqa masalalar qatorida Ukraina va AQSH oʻrtasidagi mudofaa sohasidagi hamkorlikni davom ettirish, xususan, qurol-yarogʻ va havo hujumidan mudofaa tizimlarini ishlab chiqarish boʻyicha qoʻshma loyihalarni muhokama qiladi”, deya xabar berdi Ukraina prezidenti idorasi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер