Zelenskiy Gʻarbga noodatiy talab bilan chiqdi

15:07 17 Sentyabr 2025 Dunyo
128 0

Foto: AP

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Gʻarbdan Rossiya bilan munosabatlar haqida emas, faqat Ukraina haqida oʻylashni talab qildi. Bu haqda u “Sky News” telekanaliga bergan intervyusida aytdi.

“Barcha davlatlar faqat oʻzlari va Rossiya bilan boʻlajak munosabatlari haqida oʻylashdan toʻxtab, koʻproq Ukraina haqida oʻylashlari kerak – chunki bu bugungi kunning savoli, bu hozir sodir boʻlmoqda”, – deydi Ukraina yetakchisi.

Bundan tashqari, Zelenskiy ittifoqchilarning kim qanday sanksiyalar qoʻllashi haqidagi muhokamasi Kiyevga nisbatan adolatsizligidan shikoyat qildi.

Bir kun avval Yevropa Ittifoqiga aʼzo davlatlarning doimiy vakillari Moskvaga qarshi yangi cheklovlar muhokamasini kun tartibidan olib tashlagan edi. Yevropa Ittifoqi uzoq vaqt davomida 18-cheklov paketi boʻyicha kelisha olmadi. Bunga Slovakiya va Vengriya Rossiya energiya resurslarini import qilishni taqiqlashning oʻz iqtisodiyotlari uchun salbiy oqibatlaridan qoʻrqib, toʻsqinlik qildi.

Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov fikricha, sanksiyalar ikki qirrali qilichdir. Rossiya bu kabi bir tomonlama harakatlarni noqonuniy deb bilishini va ularga qarshi ekanligini bir necha bor taʼkidlagan.

Zelenskiy intervyu chogʻida Kiyev oʻt ochishni toʻxtatishga tayyorligini ham aytdi.

U Ukraina AQSH prezidenti Donald Tramp oʻt ochishni toʻxtatish boʻyicha kelishib olishiga umid qilayotganini taʼkidladi va “Biz oʻt ochishni toʻxtatishga tayyormiz», dedi.

Avvalroq, Zelenskiy Moskvaga borishdan bosh tortishi sababini aytgan edi. Uning soʻzlariga koʻra, u Rossiya poytaxtiga mamlakat prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashish uchun bora olmagan, chunki bu shahar Ukrainaga hujum qilayotgan davlatning poytaxti hisoblanadi.

Bungacha Zelenskiy Trampga Ukrainadagi mojaroga barham berish shartini qoʻygandi. Yaʼni u AQSH va Yevropa qoʻllab-quvvatlaydigan hujjatga ega boʻlmoqchi. Unga Ukrainaga Trampdan aniq pozitsiya va xavfsizlik kafolatlari kerak.

Intervyu payti Zelenskiy Kiyevning ittifoqchilari respublika uchun xavfsizlik kafolatlari boʻyicha ishni deyarli yakunlaganini ham qoʻshimcha qildi.

“Birinchidan, ijobiy tomoni bor, chunki xavfsizlik kafolatlari anchadan beri qogʻozda boʻlgan. Ular deyarli tayyor. Yakunlanishi kerak boʻlgan bir nechta nuanslar bor. Men AQSHdan batafsilroq aniqroq pozitsiyani istardim”, – dedi Zelenskiy.

Uning taʼkidlashicha, Vashington “kafolatlarni qoʻllab-quvvatlaydi va ishtirokchi boʻladi”, lekin Ukraina aniqroq narsalarni xohlaydi. Davlat rahbari, shuningdek, 26 davlat tegishli kafolatlar berishga roziligini taʼkidladi.

Shu yilning 5-sentyabr kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin Sharqiy iqtisodiy forumning yalpi majlisida Rossiya tomoni Rossiya va Ukraina uchun ishlab chiqilishi kerak boʻlgan xavfsizlik kafolatlarini hurmat qilishini aytdi.

Uning soʻzlariga koʻra, Rossiya tomoni kelishuvga erishilsa, oʻz majburiyatlarini toʻliq bajaradi. Prezident bunga hech kim shubha qilmasligi kerakligini taʼkidladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер