Zelenskiy barcha viloyat harbiy komissarlarini ishdan boʻshatdi

18:37 17 Avgust 2023 Dunyo
1318 0

Foto: Reuters

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Ukraina Qurolli Kuchlarini chaqirish va ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha mintaqaviy hududiy markazlarning barcha rahbarlarini ishdan boʻshatishni nazarda tutuvchi farmonni imzoladi. Bu haqda mamlakat prezidentining rasmiy sayti xabar berdi.

Farmon matnida ushbu hujjat Milliy xavfsizlik kengashi va Ukrainaning 2023-yil 11-avgustdagi qaroriga asoslanganligi taʼkidlangan.

Gap shundaki, Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi kotibi Oleksiy Danilov Zelenskiyga Ukraina Qurolli Kuchlarini yollash va ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha hududiy markazlar rahbarlarining vakolat muddati toʻgʻrisida qaror qabul qilib, ularning rotatsiya amaliyotiga chek qoʻyishni tavsiya qilgan.

Bungacha Zelenskiy maxsus oliy maʼlumotga ega boʻlmagan, ammo olti oy xizmat qilgan harbiy xizmatchilar harbiy holat davrida ofitser unvonlarini olishlari mumkin boʻlgan qonunni imzolagandi.

Aniqlik kiritilishicha, endilikda ofitserlarni birlamchi harbiy unvon bilan shartnoma boʻyicha ofitserlar tarkibiga qabul qilish mumkin boʻladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер