Zelenskiy 18-iyunni Kiyevda motam kuni deb eʼlon qildi

17-iyunga oʻtar kechasi Ukrainada xavfli va juda katta hajmdagi havo hujumlari amalga oshirildi. Qator viloyatlarda havo signalizatsiyasi ishga tushirildi. Kiyev, Odessa, Chernigov, Nikolayev, Xarkov, Sumi va Dnepropetrovskda portlashlar yuz bergani haqida xabarlar tarqaldi.
Ukraina havo kuchlari maʼlumoticha, jami 440 ta drondan 239 tasi urib tushirilgan. Qolgan 163 ta uchuvchisiz qurilma radarlardan gʻoyib boʻlgan va oʻz maqsadlariga yeta olmagan. Shu bilan birga, mamlakat hududiga 30 dan ortiq turli turdagi raketa – aeroballistik, qanotli, aviatsiya va radiolokatsiyaga qarshi raketalar uchirilgan. Ulardan 26 tasi Ukraina tomonidan urib tushirilgan yoki bostirilgan.
Ukraina Favqulodda vaziyatlar xizmati ushbu hujumlar oqibatida 14 kishi halok boʻlganini maʼlum qildi. Kiyev shahar hokimi Vitaliy Klichko esa poytaxtga qilingan zarbalarda 120 nafarga yaqin inson halok boʻlganini bildirgan. Kuchli portlashlar va zarbalardan keyin Kiyevda keng koʻlamli vayronagarchilik va yongʻinlar kuzatildi. Prezident Vladimir Zelenskiy bu hujumni “Kiyevga qarshi eng dahshatli zarbalardan biri” deb baholadi va 18-iyunni poytaxtda motam kuni, deb eʼlon qildi.
Odessa viloyati maʼmuriyati rahbari Oleg Kiperga koʻra, shaharda bir kishi halok boʻlgan, 17 kishi jarohat olgan. Shahar markazida bir nechta binolar vayron boʻlgan. Chernigov viloyatida bir kishi jarohatlangan, bir qancha binolar shikastlangan. Xarkovda ikki kishi jarohat olib, 11 ta inshoot zararlangan. Dnepropetrovskda qurbonlar yoʻq, biroq oʻndan ziyod bino, gaz quvuri va elektr uzatish liniyalari shikastlangan. Nikolayevda qurbonlar kuzatilmagan, ammo yongan chiqqan.
Sumi viloyati hukumati esa 35 ta aholi punktida oʻq otish, aviazarbalar va dron hujumlari qayd etilganini, bir kishi halok boʻlgani, yana ikki kishi jarohat olganini bildirgan. 50 dan ziyod bino shikastlangan.
Ayni paytda Rossiya Mudofaa vazirligi oʻz hududida Ukraina tomonidan uchirilgan 147 ta dron urib tushirilganini eʼlon qildi. Ularning maʼlumotiga koʻra, qator viloyatlar osmonidagi Ukraina dronlari neytrallashtirilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda dollar kursi pastladi
- “Bunyodkor” murabbiyi Sergey Arslanov vafot etdi
- Qondagi glyukozani pasaytirish uchun kechki ovqatlanishning ideal vaqti maʼlum boʻldi
- Kamchatka sohillaridagi kuchli zilziladan soʻng Oʻzbekiston Konsulligi vatandoshlarimizga murojaat qildi
- Sardobaning siri nimada?
- Toshkentda “Iqtisodiyot va biznes boshqaruvi sohalarida ilgʻor tadqiqotlar” mavzusidagi xalqaro ilmiy simpozium oʻtkazildi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring