“Zarbdor tajribasi” asosida infratuzilma yaratilmoqda
Abdulaziz YOʻLDOSHEV/“Xalq soʻzi”. Samarqand viloyatining shahar va tumanlarida tashkil etilayotgan sanoat zonalarini “Zarbdor tajribasi” asosida loyihalashtirish, barcha zarur infratuzilmani yaratishga ustuvor ahamiyat qaratilmoqda. Jumladan, Bulungʻur tumanining Gʻubdin mahallasi hududidagi tuman hokimligi zaxirasida boʻlgan 5 gektar maydonda 20 ga yaqin ishlab chiqarish korxonalari uchun tashkil etilayotgan sanoat zonasi “Zarbdor tajribasi” asosida loyihalashtirildi. Tadbirkorlarga qulaylik yaratish maqsadida dastlab ravon yoʻllar qurilishiga ahamiyat qaratilmoqda.

— Sanoat zonasiga olib boradigan yoʻlning 530 metr qismiga “Sam Shohinur qurilish” MCHJ tomonidan asfalt yotqizildi, — deydi “Samarqand mintaqaviy yoʻllarga buyurtmachi xizmati” Davlat muassasasi boshligʻi oʻrinbosari Akbar Mirzayev. — Ushbu loyihaning umumiy qiymati 336 million soʻm boʻlib, yoʻl qoplamasining eni 7 metr, asfalt-beton qoplamasining qalinligi 7 santimetr, asosining qalinligi esa 12 santimetrni tashkil etadi.

Toyloq tumanining “Qoʻshchinor” MFY hududidagi 3 gektar maydonda barpo etilayotgan sanoat zonasida ham elektr energiyasi, tabiiy gaz, ichimlik suvi, kanalizatsiya va boshqa kommunikatsiya tarmoqlari qurish ishlari olib borilmoqda. Hozirda “Samarqand mintaqaviy yoʻllarga buyurtmachi xizmati” Davlat muassasasi buyurtmasi asosida 475 million soʻmdan ziyod mablagʻ sarflanib, “Tex nur kafolat” MCHJ yoʻlsozlari tomonidan 425 metr uzunlikdagi yoʻlga asfalt qoplamasi yotqizildi. Viloyatning boshqa hududlarida ham yuqori iqtisodiy oʻsish va aholi bandligini taʼminlashning yangi tizimi boʻlgan “Zarbdor tajribasi” asosidagi ishlar davom ettirilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring