Zamonaviy Yoshlar kinoteatri o‘z faoliyatini boshladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Sirdaryo viloyatida ishbilarmonlik muhiti, infratuzilma va aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga oid qaror asosida ishlab chiqilgan “Yo‘l xaritasi”da Guliston shahrida zamonaviy va ixcham kinoteatr tashkil etish, unda yoshlar uchun filmlar namoyish etish bo‘yicha aniq vazifalar belgilangan edi.
Kinematografiya agentligi Axborot xizmatidan xabar berishlaricha, bugun, 21-aprel kuni Sirdaryo viloyatining Guliston shahrida Yoshlar kinoteatrining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Marosimda Kinematografiya agentligining ijro bo‘limi boshlig‘i Navruz Musayev hamda Sirdaryo viloyati hokimining turizm, sport, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Shoxrux Isakulov so‘zga chiqib, ushbu kinoteatr yoshlarning ma’naviy va madaniy dunyoqarashini boyitishda muhim maskanga aylanishi kutilayotganini ta’kidladilar.
Tadbir davomida mehmonlar va yoshlar uchun “Uch qahramon” badiiy filmi namoyish etildi. Shuningdek, film namoyishidan avval kinoijodkorlar bilan ijodiy uchrashuv ham tashkil etildi. Aktyor va aktrisalar filmning mazmun-mohiyati hamda yoshlar tarbiyasidagi o‘rni haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar.
Mazkur kinoteatr yoshlar uchun nafaqat madaniy hordiq, balki o‘z ijodiy salohiyatlarini yuzaga chiqarishlari uchun ham yangi imkoniyatlar eshigini ochadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda dollar kursi pastladi
- “Bunyodkor” murabbiyi Sergey Arslanov vafot etdi
- Qondagi glyukozani pasaytirish uchun kechki ovqatlanishning ideal vaqti maʼlum boʻldi
- Kamchatka sohillaridagi kuchli zilziladan soʻng Oʻzbekiston Konsulligi vatandoshlarimizga murojaat qildi
- Sardobaning siri nimada?
- Toshkentda “Iqtisodiyot va biznes boshqaruvi sohalarida ilgʻor tadqiqotlar” mavzusidagi xalqaro ilmiy simpozium oʻtkazildi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring