Zamonaviy Oʻzbekistonda ayollar uchun qanday imkoniyatlar bor?

2021-yil 20-noyabr kuni Toshkent shahridagi Amity universitetida “Zamonaviy Oʻzbekistonda ayollar uchun imkoniyatlar” mavzusidagi tadbir boʻlib oʻtdi.
Tadbir Birlashgan Millatlar Tashkilotining taraqqiyot dasturi (BMTTD), Artel kompaniyasi, Xalq taʼlimi vazirligi, IT Park va xalqaro ayollar hamjamiyati — Wonder Women hamkorligida tashkil etildi.
Xotin-qizlarni maʼrifatli qilish, dunyoqarashini kengaytirish va ular tanlash huquqiga ega ekani, yurtimizda xotin-qizlarning kamolotiga qaratilgan eʼtibor gʻoyasini yetkazish maqsad qilingan tadbirda maktab oʻquvchilari, universitet talabalari va ish qidirayotgan xotin-qizlar qatnashdi.
Darhaqiqat, bilimli, dunyoqarashi keng ayollar doim jamiyat taraqqiyotida muhim oʻrin egallagan. Shu bois mamlakatimizda gender tenglikka erishish borasida qator amaliy ishlar bajarilmoqda. Masalan, 2019-yil 2-sentyabr kuni “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari toʻgʻrisida”gi Qonun qabul qilindi. Bundan tashqari, Oʻzbekistonda 2030-yilga qadar gender tenglikka erishish strategiyasi ishlab chiqildi. Ushbu strategiyada barcha uchun teng huquqli va sifatli taʼlimni taʼminlash, qishloq joylarida qizlarning oliy maʼlumotga ega boʻlishi, zoʻravonlikka yoʻl qoʻymaslik, odam savdosining oldini olish kabi masalalar qamrab olingan. Umuman olganda soʻnggi yillarda ayollarning taʼlim olishi uchun keng imkoniyat yaratish davlat siyosati darajasiga koʻtarildi. Bunday tarixiy jarayonda yirik kompaniyalar ham sohaga oʻz hissasini qoʻshishi, turli ijtimoiy loyihalar orqali xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlashi zarur.
Artel kompaniyasi doim ayollarni qoʻllab-quvvatlash, ularning bilim olish va oʻzlari istagan kasb egasi boʻlishi tarafdori boʻlib kelmoqda. Shu bois kompaniyada faoliyat yuritayotgan ayollarga bir qadar imtiyozlarni joriy etib, ularni moddiy va maʼnaviy jihatdan qoʻllab-quvvatlashga alohida eʼtibor berib kelmoqda.
Kompaniyaning rahbar xodimlari “Zamonaviy Oʻzbekistonda ayollar uchun imkoniyatlar” tadbirida oʻz maʼruzalari bilan ishtirok etib, ushbu jihatlar haqida ham toʻxtalib oʻtdi. Shuningdek, tadbirda qatnashgan barcha maʼruzachilar ayollarning taʼlim olishi, rahbar lavozimlarda faoliyat yuritishi kabi qator mavzularda fikr yuritdi. Ular yurtimizda ayollarga yaratilayotgan qulayliklar, ulardan samarali foydalanish, taʼlim va karyerasini yuksaltirishda mavjud imkoniyatlar haqida maʼlumot berdi. Bundan tashqari, qizlar uchun taʼlim olishning ahamiyatiga qaratilgan videoroliklar namoyish etildi.
Shuningdek, davlat idoralari, xususiy tashkilotlar vakillari va loyiha taʼsischilari endigina katta hayotga qadam bosayotgan qizlarga maslahatlar berib, sinovlardan qoʻrqmay maqsad sari doim olgʻa intilish kerak ekanligini taʼkidlashdi. Maʼruzachilarning oʻzlari bosib oʻtgan hayot yoʻlidagi sinovli, ibratli voqealari tinglovchilarda katta qiziqish uygʻotib, ularni olgʻa intilishga ilhomlantirdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda dollar kursi pastladi
- “Bunyodkor” murabbiyi Sergey Arslanov vafot etdi
- Qondagi glyukozani pasaytirish uchun kechki ovqatlanishning ideal vaqti maʼlum boʻldi
- Sardobaning siri nimada?
- Kamchatka sohillaridagi kuchli zilziladan soʻng Oʻzbekiston Konsulligi vatandoshlarimizga murojaat qildi
- Toshkentda “Iqtisodiyot va biznes boshqaruvi sohalarida ilgʻor tadqiqotlar” mavzusidagi xalqaro ilmiy simpozium oʻtkazildi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring