Zaynilobiddin Nizomiddinov Bekobod tumani hokimi etib tayinlandi

Prezident administratsiyasi sobiq rahbari Zaynilobiddin Nizomiddinov Toshkent viloyatining Bekobod tumaniga hokim boʻldi. Bu haqda viloyat hokimligi xabar qildi.
Qayd etilishicha, bugun, 7-aprel kuni Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi boʻlib oʻtgan. Unda Toshkent viloyati hokimi Zoir Mirzayev ishtirok etib, nutq soʻzlagan.
Sessiya kun tartibiga tashkiliy masala ham kiritilgan boʻlib, Bekobod tuman hokimi lavozimida ishlab kelayotgan Doʻstbekov Shuhrat Begimqulovich yoʻl qoʻygan xato-kamchiliklari uchun lavozimidan ozod etilgan.
Shundan soʻng Zoyir Mirzayev tuman hokimi lavozimiga Nizomiddinov Zaynilobiddin Shahobiddinovich nomzodini tavsiya qildi. Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashida Zaynilobiddin Nizomiddinov tuman hokimi etib tasdiqlandi.
Maʼlumot uchun, Zaynilobiddin Nizomiddinov 2018-yil avgustidan 2022-yil iyuligacha Prezident administratsiyasi rahbari lavozimida ishlagan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ayrim oilalarga bir martalik moddiy yordam beriladi
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Samarqand yana bir nufuzli forumga mezbonlik qiladi
- Markaziy bank shoshilinch ogohlantirish bilan chiqdi
- “Leapmotor” Oʻzbekistonda oʻtkazilgan avtomobil testi natijalaridan noroziligini bildirdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring