Yurtimizda tekbolni yanada rivojlantirish yoʻlida muhim uchrashuv boʻlib oʻtdi
Foto: Sportni rivojlantirish vazirligi matbuot xizmati
Sportni rivojlantirish vaziri Adxam Ikramov hamda MOQ Bosh kotibi, Oʻzbekiston tekbol federatsiyasi raisi Oybek Kasimov Budapesht shahrida joylashgan Xalqaro tekbol federatsiyasining shtab-kvartirasiga tashrif buyurishdi. U yerda delegatsiyamizni xalqaro tashkilot rahbari Gabor Borsani qarshi oldi. Bu haqda vazirlik axborot xizmati maʼlum qildi.
Oybek Kasimov janob Borsaniga tekbol mamlakatimiz yoshlari tomonidan iliq qarshi olingani, Xalqaro tekbol federatsiyasi joʻnatgan inventarlar poytaxtimizdagi bir qator maktablarga joylashtirilgani va oʻquvchilar boʻsh vaqtlarida ushbu sport turi bilan shugʻullanayotgani haqida gapirib berdi.
Shuningdek, suhbatda milliy terma jamoamizni shakllantirish va xalqaro musobaqalarda ishtirok etish masalalariga ham toʻxtalib oʻtildi. Oʻz navbatida, xalqaro tashkilot rahbari mamlakatimizda ushbu sport rivojini qoʻllab-quvvatlash, hamkorlikni mustahkamlashga tayyor ekanini bildirdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Loʻlilar faqat tilanchimi?...” Ular yashayotgan mahalladan fotoreportaj
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring