Yurtimizda OIVga qarshi davolanayotgan shaxslarning 74 foizida virus yuklamasi bir necha marta kamaygan — mutaxassis

Foto: Illustrativ surat
OIV va OITS — bedavo xastaliklar. Afsuski, bu kasalliklar yurtdoshlarimiz orasida ham aniqlanmoqda. Bunday holatda beparvolikka berilib boʻlmaydi. Millat genofondi, farzandlar kelajagini ushbu ofatdan asrash nafaqat tibbiyot xodimlari, balki butun jamiyatning vazifasidir.
Bu borada mamlakatimizda olib borilayotgan ishlar haqida Respublika OITSga qarshi kurash markazi direktori oʻrinbosari Gulifor Normuratovadan maʼlumot oldik:
— 2001-yilda Oʻzbekiston OIV infeksiyasining tarqalishiga qarshi kurash boʻyicha xalqaro majburiyat deklaratsiyasini imzolagan. Unga koʻra, hujjatga qoʻshilgan barcha davlatlar epidemiyaning oldini olishga qaratilgan umumiy siyosat, strategiya va yondashuvlarni qoʻllab-quvvatlashi zarur.
Deklaratsiya maqsadlariga muvofiq, 2030-yilda OIV infeksiyasi epidemiyasiga barham berish uchun barcha davlatlar oldiga 2025-yilgacha quyidagi 3 ta tamoyil asosidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish tavsiya qilingan:
OIV infeksiyasini yuqtirib olgan shaxslarning kamida 95 foizi u bilan kasallanganini bilishlari kerak;
OIV infeksiyasi yuqtirib olgan shaxslarning kamida 95 foizi maxsus antiretrovirus davolash bilan qamrab olinishi zarur;
maxsus antiretrovirus terapiya olayotgan shaxslarning kamida 95 foizida virus yuklamasi aniqlanmaydigan darajada kamaygan boʻlishi lozim.
2022-yilning 1-yanvar holatiga koʻra, respublikamizda roʻyxatga olingan OIV bilan kasallanganlar soni 45 ming nafarni tashkil etmoqda. OIVni yuqtirib olgan shaxslarning aksariyat qismi maxsus antiretrovirus davolash bilan qamrab olingan.
Shunday muolajalarni olayotgan shaxslarning 74 foizida virus yuklamasi bir necha marta kamaygan. Bundan shunday xulosa kelib chiqadiki, kasallikka qarshi kurashni qancha keng koʻlamda va erta olib borsak, shuncha samarali natijaga erishishimiz mumkin.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH boy berilgan hududlarni Ukrainaga qaytarishga erishish niyatida ekanligini maʼlum qildi
- Transport vazirlari “Xitoy – Qirgʻiziston – Oʻzbekiston” temir yoʻli qurilishini muhokama etishdi
- Olimlar saratondan ham oʻlim xavfi ikki baravar yuqori boʻlgan kasallik haqida maʼlum qilishdi
- “Eshonxoʻja ota” masjidi imom-xatibi Avazxoʻja Bahromov lavozimidan ozod etildi va 3 sutkaga qamaldi
- Davlat rahbari yoshlarning tashabbuslarini qoʻllab-quvvatladi
- Oʻzbekiston Energetika vazirligi va “Gazprom” kompaniyasi oʻrtasida gaz sohasida hamkorlik boʻyicha “yoʻl xaritasi” imzolandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring