Yurtimizda koʻplab tanqidlarga uchragan “Anora” filmi 5 ta yoʻnalishda Oskar mukofotini qoʻlga kiritdi

11:58 03 Mart 2025 Dunyo
518 0

2-mart kuni AQSHning Los-Anjeles shahrida 97-Oskar mukofoti gʻoliblarini taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi. Bu haqida “NBC News” nashri maʼlumot berdi.

Unga koʻra, rejissyor Shon Beykerning “Anora” filmi 5 ta nominatsiya boʻyicha Oskar mukofotiga loyiq koʻrilgan.

Film rejissyori Shon Beyker “Eng yaxshi original ssenariy” hamda “Eng yaxshi rejissyor” nominatsiyalarida mukofotni qoʻlga kiritgan boʻlsa, filmda bosh rolni ijro etgan aktrisa Mayki Medison “Eng yaxshi ayol roli” nominatsiyasida gʻolib deb topildi.

Shuningdek, “Anora” yilning eng yaxshi filmi deb topilish bilan bir qatorda, “Eng yaxshi montaj” nominatsiyasida ham bosh sovringa ega chiqqan.

Koʻplab kino ixlosmandlari tomonidan yuqori baholangan “Konklav” hamda “Substansiya” filmlari kutilganidek natijaga erishmadi. Har ikkala film turli nominatsiyalarda bittadan Oskarni qoʻlga kiritishgan.

“Brutalist” filmidagi roli uchun Edrian Broudi “Eng yaxshi aktyor” nominatsiyasida Oskarga loyiq koʻrilgan boʻlsa, “Oqim” filmi “Eng yaxshi toʻliq metrajli animatsion film” deya eʼtirof etildi.

Bundan tashqari, “Orkestrdagi yagona qiz” filmi “Eng yaxshi qisqa metrajli hujjatli film”, “Boshqa yer yoʻq” filmi “Eng yaxshi hujjatli film”, “Men robot emasman” filmi “Eng yaxshi qisqa metrajli film” hamda “Men hali shu yerdaman” filmi “Eng yaxshi xorijiy film” nominatsiyalarida Oskar mukofotiga loyiq koʻrilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер