Yurtimizda farzandlar koʻrish oʻrtasidagi tanaffus boʻyicha xabardorlik darajasi yetarlimi?

16:02 08 Aprel 2019 Jamiyat
2245 0

Illyustrativ foto

Yaqinda “Ijtimoiy fikr” jamoatchilik fikrini oʻrganish markazi tomonidan fuqarolarning reproduktiv bilimlari, reproduktiv salomatlik va reproduktiv huquq xususidagi tushunchalarini aniqlash maqsadida ijtimoiy soʻrov oʻtkazildi.

Monitoring natijalarida oʻzbekistonliklar orasida farzand koʻrish oʻrtasidagi tanaffuslar boʻyicha xabardorlik darajasi yetarlicha emasligi ham oʻz aksini topdi. Tibbiy amaliyotda umumqabul qilingan meʼyorlarga muvofiq, ushbu tanaffus kamida uch yil boʻlishi kerakligidan respondentlarning faqatgina har ikkinchisi(46,3 foizi) xabardor ekan.

Bu aholi bilan ushbu yoʻnalishda doimiy tizimli targʻibot ishlarini olib borish zarurligini koʻrsatmoqda. Zotan, bu ona va bola salomatligini taʼminlash imkonini beradi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?