Yuridik kadrlarning malakasini oshirish kredit-modul tizimi asosida amalga oshiriladi
Illyustrativ foto
“Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida yuridik kadrlarning kredit-modul tizimi asosida malakasini oshirish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazildi.
Nizomga asosan Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida yuridik xizmat, advokatura va notariat sohalari boʻyicha yuridik kadrlarning (tinglovchi) kredit-modul tizimi asosida malakasini oshirish tartibini belgilandi.
Malaka oshirish kurslari tinglovchidan 72 akademik soat, yaʼni 3-yilda 36 kredit hajmdagi oʻquv dasturini oʻzlashtirishni talab qiladi.
Institutda kredit-modul tizimida 1 kredit miqdori 2 akademik soatga teng. Tinglovchi malaka oshirish kursining 1-yili davomida 12 kredit oʻquv yuklamasini oʻzlashtirishi lozim.
Yuridik kadrlar malaka oshirish kurslarida Institut bilan shartnomaga muvofiq toʻlov asosida oʻqitiladi.
Taʼkidlash joiz, modul boʻyicha tinglovchining oʻzlashtirish darajasi 56 foiz va undan yuqori baholangan taqdirda ushbu modul oʻzlashtirilgan hisoblanadi va sertifikat taqdim etiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring