Yurgen Klopp AQSH terma jamoasini boshqarishi mumkin
Foto: people.com
Angliyaning “Liverpul” klubining sobiq murabbiyi Yurgen Klopp AQSH terma jamoasini boshqarishi mumkin. “The Athletic” va “The Independent” xabarlariga koʻra, 57 yoshli germaniyalik mutaxassis ayni paytda tanaffusni davom ettirmoqchi. Biroq ayrim nashrlar uning ishga qaytishga boʻlgan xohishi yoʻq emasligini yozmoqda.
AQSH 10-iyulda milliy jamoani tark etgan Gregg Berhalter oʻrnini toʻldirish uchun yaxshi murabbiyga ehtiyoj sezmoqda. 2026-yilgi jahon chempionatining Amerikada oʻtishini hisobga olsak, AQSH obroʻli murabbiy olib kelishga harakat qilishi mumkin.
AQSH futbol federatsiyasi prezidenti Sindi Parlou-Koun sport direktori Mett Fon Kroker bilan yangi murabbiy topish uchun ish olib borilayotganini aytdi. Klopp toʻqqiz yillik boshqaruvdan “Liverpul”ni tark etdi.
Klopp oʻz qarorini dam olishi zarurligi va energiyasi tugab borayotgani bilan izohladi. Uning murabbiyligida klub 30 yil ichida yana Premyer-liga chempionligini qoʻlga kiritdi. 2019-yilda Chempionlar ligasida gʻolib chiqdi. Tom maʼnoda nemis murabbiyi “Liverpul”ni shonli davrlariga qaytara oldi.
Eslatib oʻtamiz, 2026-yilgi Jahon chempionatiga AQSH, Kanada va Meksika mezbonlik qiladi.
Avvalroq “Copa America” finalida kimlar oʻynashi maʼlum boʻlgandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring