Yurak haqida qiziqarli faktlar

14:01 10 Yanvar 2021 Jamiyat
15467 0

— Inson yuragi sirlarga toʻla. Yoshi kattalarda u oʻrtacha 300 gramm boʻlsa, chaqaloqlarda taxminan 22 gramm ogʻirlikka ega. Yaʼni tana vaznining 0,8 foizini tashkil qiladi;

— Yurak hajmini tushuntirish uchun oddiy va azaliy usul qoʻllaniladi – mushtingizni tuging, yuragingiz hajmini bilib olasiz. Endi oʻsha mushtingiz orasiga tennis koptokchasini olib bor kuchingiz bilan siqing va yurak qanday kuch bilan ishlashini anglaysiz;

— Kattalarda minutiga yurak urishlar soni 60-85 ta boʻlsa, chaqaloqlarda bu koʻrsatkich 150 tagacha yetadi;

— Ayollar yuragi erkaklarnikiga nisbatan tezroq uradi;

— Inson oʻrtacha umri davomida yurak qon tomirlar orqali taxminan 1,5 mln barrel qon haydaydi. Oddiyroq tushunish uchun bu 200 sisterna(vagon)ga teng;

— Yurakni quvvatlantirish, sogʻlom saqlash uchun yaxshi kayfiyat zarurligi allaqachon oʻz isbotini topgan. Masalan – kulgi tomirlar tarangligini pasaytiradi, bu esa qon aylanishini yaxshilaydi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер