“Yuragimda bir daryo oqar...”

19:27 27 Fevral 2020 Madaniyat
1417 0

Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasida sheʼriyat ixlosmandlariga yana bir kitob taqdim etildi. Bu shoira Oʻktamoy Xoldorovaning “Sogʻinch qoʻngʻirogʻi” nomli sheʼrlar toʻplamidir. Unda shoiraning dastlabki ijod namunalaridan tortib to hozirgi kunga qadar yozgan sheʼrlari oʻrin olgan.

Kitob taqdimotida taniqli shoir va yozuvchilari, yosh ijodkorlar hamda OAV vakillari ishtirok etishdi. — Oʻktamoyning sheʼrlari oʻquvchiga fikr bera oladi. Biz fikr olamiga qaytyapmiz. — deydi “Jahon adabiyoti” jurnalining bosh muharriri Ahmadjon Meliboyev. — Adabiyotning asl vazifasi ham fikr tugʻdirishdir. Bir joyda oʻtirgan odamning fikri cheklangan boʻladi. Oʻktamoy esa jahon mamlakatlarini koʻrgan, fikr olami keng ijodkorlardan biridir.

Maʼlumot uchun, asli namanganlik boʻlgan shoira Oʻktamoy Xoldorova ingliz, rus, turk va ozar tilidagi sheʼrlarni oʻzbek tiliga oʻgirib, “Jahon adabiyoti” jurnalida muntazam eʼlon qilib boradi. Bundan avval Oʻ. Xoldorovaning “Sogʻinch qushlari”, “Sabrga suyanib”, “Tomayotgan koʻngil”, “Oqqush izlari” kabi sheʼriy hamda “Mehr guli” nomli qissa va hikoyalar toʻplami chop etilggan hamda “Bibirobiya” qissasi turk tiliga tarjima qilingan.

Dilshoda OLIMOVA,

OʻzJOKU talabasi

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер