Yuqori sinfda o‘qitiladigan fanlar 16 tadan 11 taga qisqaradi

Oliygohga kirishga ishtiyoqi bor bo‘lgan 10-11 sinf o‘quvchilariga "kimyo – biologiya", "matematika – fizika", "matematika – chet tili", "ona tili va adabiyot – chet tili" fanlari ularning tanlovi asosida chuqurlashtirib o‘qitiladi.
Kasb-hunar egasi bo‘lish istagidagi o‘quvchilarga esa maktabning o‘zida tayyor mutaxassis bo‘lib yetishib chiqish imkoniyati yaratiladi.
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga sentyabrdan boshlab ushbu tajribani salohiyati va tayyorgarligi bor 135 ta maktabda yo‘lga qo‘yish topshirildi. Kelgusi o‘quv yilidan kamida 1 mingta maktab ushbu tizimga o‘tkaziladi.
Darslarning mazmuni ham o‘zgarishi ta’kidlandi. Bunda 1-sinfdan kompyuter savodxonligi, yuqori sinflarda moliyaviy savodxonlik darslari joriy etiladi.
Shuningdek, bu yil maktab darsliklariga byudjetdan 920 milliard so‘m ajratildi, boshlang‘ich sinflar uchun to‘liq yangi darsliklar ishlab chiqildi.
Boshlang‘ich sinflar uchun tayyorlangan darsliklarning ikkinchi qismini ham to‘liq hajmda chop etishga topshiriq berildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Super oy: Bugun Yerning tabiiy yoʻldoshi odatdagidan ancha katta koʻrinmoqda
- Aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish tartibi belgilandi
- Samarqandda YUNESKOning 43-sessiyasiga tayyorgarlik avjida
- Markaziy Osiyo pedagoglari Nukusda jam boʻldi
- Hududlarda 34 ta yuqori texnologiyali sanoat loyihalari amalga oshiriladi
- Endilikda muddati oʻtgan tovarlarning sotilishi avtomatik ravishda cheklanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring