Yuqori qiymat beradigan yangi loyihalarga 200 million dollar resurs sifatida ajratilishi belgilandi
Davlatimiz rahbari ishlab chiqarish va eksportni oshirish boʻyicha yangi imkoniyatlarni koʻrsatib oʻtdi. Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.
Toʻqimachilik sanoatida kiyim-kechak, uy tekstili, mehmonxona uchun sochiq, choyshab, yostiq, matras, parda kabi oʻzimizda ishlab chiqarsa boʻladigan tovarlar asosan chetdan olib kelinayotgani qayd etildi.
Shu bois aralash tola va undan tayyor mahsulot ishlab chiqarish quvvatlarini koʻpaytirish kerakligi taʼkidlandi.
Buning uchun birinchi bosqichda 125 ming tonna sunʼiy toladan ip-kalava ishlab chiqarish boʻyicha 15 ta loyiha ishga tushirilishi belgilandi. Shuningdek, Andijon shahrida 15 million dollarlik, Samarqand shahrida 20 million dollarlik loyiha hisobiga sunʼiy toladan parda va mebel matolari ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish rejalashtirilgan.
Kelgusi yilda toʻqimachilikda yana kamida 700 million dollar qoʻshilgan qiymat yaratish, trikotaj boʻyoqxonalar quvvatini 40 foizga, gazlama matoda — 30 foizga olib chiqish zarurligi koʻrsatib oʻtildi.
Mutasaddilarga tayyor mahsulot ishlab chiqaruvchi toʻqimachilik korxonalarini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha yangi tizim joriy qilish topshirildi. Yuqori qiymat beradigan yangi loyihalarga 200 million dollar resurs sifatida ajratilishi belgilandi.
Bu mablagʻlar yirik tozalash inshootlari qurib beriladigan hududda boʻyoqxonalar tashkil qilish loyihalariga beriladi. Ularga suvni tozalash inshootlari xarajatlari davlat hisobidan qoplanadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- “Oltin kuz” II Xalqaro kamer va simfonik musiqa festivali boʻlib oʻtadi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Mashinada xavfsizlik kamarini taqish mumkin boʻlmagan kasalliklar roʻyxati tasdiqlanadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring