Yuqori Chirchiqda yuk avtomobili harakatsiz turgan “Cobalt”ga urilib, agʻdarilib ketdi
Ijtimoiy tarmoqlarda yuk avtomobili ishtirokida yoʻl-transport hodisasi sodir boʻlgani toʻgʻrisidagi xabarlar tarqaldi. Mazkur holat yuzasizdan Toshkent viloyati IIBB YHXB munosabat bildirdi.
Unda aytilishicha, bugun, 23-avgust kuni soat taxminan 07:00 larda Toshkent viloyati, Yuqori Chirchiq tumani hududidan oʻtgan xalqaro ahamiyatga ega boʻlgan A373 “Toshkent-Oʻsh” avtomobil yoʻlining 4-kilometrida “HOWO” rusumli maxsus jihozlangan sement tashuvchi yuk avtomobili haydovchisi rul boshqaruvini yoʻqotishi natijasida yoʻl chetida toʻxtab turgan “Cobalt” rusumli avtomobilga borib urilgan. Toʻqnashuv natijasida yuk avtomobili agʻdarilib ketgan.
Shundan soʻng, yoʻl-transport hodisasi natijasida maxsus jihozlangan sement tashuvchi yuk avtomobilida yongʻin kelib chiqqan. Yoʻl chetida harakatsiz turgan “Cobalt” rusumli avtomobilda boʻlgan 1 nafar yoʻlovchi tan jarohati olib, shifoxonaga yotkizilgan.
Hozirda holat yuzasidan Yuqori Chirchiq tumani IIB tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari boshlab yuborilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda YTT va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar QR-kodsiz faoliyat yuritsa jarimaga tortiladi
- Xonanda Rahmatillo Yusupov 44 yoshda vafot etdi
- Sizni ajablantiradigan anʼanalar. Dunyo boʻylab yangi yil qanday nishonlanadi?
- Oʻzbekiston Prezidenti va xalqiga Yangi yil bayrami munosabati bilan samimiy qutlovlar kelmoqda
- Xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan Yangi yildan keyin amalda boʻladigan qiymati eʼlon qilindi
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oʻzbekiston xalqiga Yangi yil tabrigi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring