Yunusobod tumanida fuqaro xonadoniga ilon kirib qoldi
Toshkentda FVB qutqaruvchilari uyning ichiga kirib qolgan ilonni zararsizlantirishdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi axborot xizmati xabar qildi.
Unga koʻra, 9-may kuni Toshkent shahar FVBga “112” tizimi orqali, Yunusobod tumani “Holis” mahalla fuqarolar yigʻinida joylashgan uylarning biri ichiga ilon kirib qolgani toʻgʻrisida fuqaro yordam soʻrab murojaat qilgan.
Shunga koʻra, FVB qutqaruvchilari zudlik bilan voqea joyiga yetib borishgan va ilonni maxsus idishga solib, tabiatga qoʻyib yuborishgan.
Eslatib oʻtamiz, shu kabi holatlar 29-aprel va 28-aprel kunlari Chilonzor tumanida ham kuzatilgan edi. Ularning birida uyga kirib qolgan ilonning uzunligi 1 metr boʻlgan.
Taʼkidlash joiz, kunlar isib, harorat koʻtarilishi bilan ilonlar faollashadi va ular sovuq qonli boʻlganlari sababli tana haroratlarini tashqi muhit orqali nazorat qilishadi. Shu koʻra, koʻpincha ilonlari oʻzlari uchun issiqda salqin va nam joylardan qoʻnim izlashadi. Bunga hovli, supa, ombor, yertoʻla yoki xonadon ichi ayni mos tushadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring