“Yunusobod” bozori rekonstruksiya qilinmoqda
“Yunusobod” bozorining bir qismida rekonstruksiya ishlari boshlangan. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi xabar qildi.
Avval hududda 180 ta avtomobil uchun toʻxtash joylari mavjud edi. Ishlar olib borilayotgan davrda Ahmad Donish koʻchasi boʻylab, jumladan yoʻl oʻtkazgich ostida, 350 ga yaqin toʻxtash joyi tashkil etildi.
Ilgari avtoturargohda avtomobillardan tartibsiz savdo amalga oshirilgan boʻlib, bu tartib va oʻtish yoʻllariga salbiy taʼsir koʻrsatgan. Endilikda bu holat tartibga solinmoqda — avtomobillardan savdo qilgan shaxslar 50 metr ichkariga, maxsus tashkil etilgan hududga koʻchirilmoqda. Bu yerda ular savdo qilishi uchun yanada qulay va xavfsiz sharoitlar yaratilgan.
Bundan tashqari, bozorda raqamlashtirish tizimini joriy etish orqali soliq toʻlovlarining shaffofligini taʼminlash hamda yashirin iqtisodiyot taʼsirini kamaytirish reja qilingan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring