Yozyovon tumanida innovatsion usulda pilla yetishtirilmoqda
Botir MADIYOROV/“Xalq soʻzi”. Yozyovon tumanida joriy yilda birinchi va ikkinchi mavsum davomida 2 ming 145 quti ipak qurti asosan innovatsion usulida, yaʼni plyonka ostida parvarishlandi. Bunday usulda pilla yetishtirishning afzal jihatlari koʻp boʻlib, eng avvalo, namlik yaxshi saqlangani bois tut bargi ozuqasi isrof boʻlmaydi. Oʻz navbatida ipak qurti anʼanaviy usulga nisbatan tez pilla oʻraydi.
— Zamonaviy yondashuv oʻz samarasini berib, chilgi hosil terimiga tez kirishildi hamda mamlakatimizda birinchi boʻlib shartnoma rejasi bajarildi, — deydi “Yozyovon agropilla” MCHJ rahbari Oishaxon Ibragimova. — “Nurli tong silk” pillachilik klasteri bilan hamkorlikda ipak qurti urugʻi 10 ta inkubatoriyada jonlantirilib, oʻzaro kelishuv asosida 240 ta fermer xoʻjaligi va 910 nafar kasanachilarga tarqatildi. Belgilangan tadbirlar sifatli amalga oshirilib, 129,5 tonna “kumush tola” yigʻishtirib olindi.

Shuningdek, davlatimiz rahbari tashabbusi bilan joriy yildan pilla narxi oshirilib, pillakorlarga topshirilgan hosil uchun tarozining ustida pulining toʻlanishi ham katta ragʻbat boʻldi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring