FQB Braun universitetidagi otishma gumondori haqida maʼlumot uchun mukofot eʼlon qildi
AQSH Federal qidiruv byurosi (FQB) Providens shahridagi Braun universitetida sodir boʻlgan otishma bilan bogʻliq gumonlanuvchini aniqlash va qoʻlga olishga yordam beradigan maʼlumot uchun 50 ming AQSH dollari miqdorida mukofot vaʼda qildi. Bu haqda TASS xabar berdi.
“FQB ushbu shaxsni aniqlash, hibsga olish va unga nisbatan ayblov qoʻyilishiga olib kelishi mumkin boʻlgan maʼlumot uchun 50 ming dollar taklif etilishini eʼlon qiladi”, — dedi FQB vakili Ted Doks.
Huquq-tartibot idoralari kuzatuv kameralaridan olingan yangi videoyozuvlarni namoyish qildi. Unda ehtimoliy otishma sodir etgan shaxs tasvirlangan: u qoramtir kiyimda, yuzida esa qora tibbiy niqob bor.

Eslatib oʻtamiz, 13-dekabr kuni kechqurun nomaʼlum shaxs universitet hududida oʻq uzgan. Hodisa oqibatida ikki kishi halok boʻlgan, yana toʻqqiz nafar kishi jarohat olgan. Qurbonlar orasida oʻzbekistonlik talaba — Muhammadaziz Umurzoqov ham bor.
AQSH prezidenti Donald Tramp dastlab otishma sodir etgan shaxs qoʻlga olinganini maʼlum qilgan, biroq keyinchalik bu xabarni inkor etgan.
Avvalroq huquq-tartibot idoralari AQSH Qurolli kuchlarida xizmat qilgan va snayperlik tayyorgarligidan oʻtgan Benjamin Eriksonning qoʻlga olingani haqida xabar bergan edi. Ammo koʻp oʻtmay, dalillar yetarli boʻlmagani sababli u ozod etilgani maʼlum boʻldi. Rod-Aylend shtati bosh prokurori dastlabki dalillar ushbu shaxsga ishora qilganini, ammo tergov jarayonida toʻplangan yangi maʼlumotlar ishni boshqa yoʻnalishga burayotganini bildirgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring