Yozgi Osiyo oʻyinlari gʻoliblari 5 ming dollargacha ragʻbatlantiriladi

17:05 05 May 2022 Sport
728 0

“2022-yilda Xanchjou shahrida (Xitoy) boʻlib oʻtadigan XIX yozgi Osiyo va IV Paraosiyo oʻyinlariga Oʻzbekiston sportchilarini kompleks tayyorlash toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ–234-son, 05.05.2022-y.) qabul qilindi.

Qarorga koʻra, mazkur Osiyo va Paraosiyo oʻyinlariga Oʻzbekiston sportchilarini tayyorlashning ustuvor vazifalari belgilandi.

Osiyo va Paraosiyo oʻyinlarida gʻolib va sovrindorlar, ularning trenerlari quyidagicha ragʻbatlantiriladi:

Gʻolib va sovrindorlar:

— oltin medal uchun – 5 000 AQSH dollari;

— kumush medal uchun – 3 000 AQSH dollari;

— bronza medal uchun – 2 000 AQSH dollari.

Gʻolib va sovrindorlarni tayyorlagan trenerlar:

— oltin medal uchun – 2 500 AQSH dollari;

— kumush medal uchun – 1 500 AQSH dollari;

— bronza medal uchun – 1 000 AQSH dollari.

Boshqa mutaxassislar (shifokor, diyetolog, massajist va boshqalar):

— oltin medal uchun – 2 000 AQSH dollari;

— kumush medal uchun – 1 000 AQSH dollari;

— bronza medal uchun – 500 AQSH dollari miqdorida bir martalik pul mukofotlari.

Bundan tashqari, gʻolib va sovrindorlar, trenerlar qoʻshimcha ravishda mahalliy byudjetdan quyidagi miqdorda bir martalik pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:

Gʻolib va sovrindorlar:

— oltin medal uchun – BHMning 300 baravari;

— kumush medal uchun – BHMning 200 baravari;

— bronza medal uchun – BHMning 100 baravari miqdorida.

Gʻolib va sovrindorlarni tayyorlagan trenerlar:

— oltin medal uchun – BHMning 200 baravari miqdorida;

— kumush medal uchun – BHMning 100 baravari miqdorida;

— bronza medal uchun – BHMning 50 baravari miqdorida.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?