Yoshlarning maʼnaviy qiyofasini shakllantirishda individual yondashuv
Yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish, qolaversa, jamiyatdagi oʻrnini aniqlashda maʼnaviy omillarning roli kattadir.
Shuning uchun ham maʼnaviy omilning siyosiy, amaliy mohiyati hamda yoshlar ijtimoiy faolligining oshib borishiga taʼsiri muammolarini oʻrganish hayotiy ehtiyojga aylanmoqda.
Yoshlarimizning maʼnaviy olamida boʻshliq vujudga kelmasligi uchun ularning qalbi va ongida sogʻlom hayot tarzi, milliy va umummilliy qadriyatlarga hurmat ehtirom tuygʻusini bolalik paytidan boshlab shakllantirishimiz zarur.
Bugungi kunda barcha maktablarda yoshlarning milliy qadriyatlar va ajdodlarga nisbatan ehtiromini kuchaytirish maqsadida turli maʼnaviy tadbirlar, tarix zarvaraqlarida oʻz oʻrniga ega boʻlgan ajdodlarimizning tavallud ayomlari keng nishonlanmoqda.
Maʼnaviyatni tushunish, anglash uchun, avvalo, insoniyatni tushunish, tarixni anglash kerak. Aynan shuning uchun ham inson xulq-atvorini tushuntirib beruvchi motivatsiya muammosiga hozirgi kunda dolzarb muammo sifatida diqqat-eʼtiborimizni qaratish gʻoyat muhimdir.
Psixologlarning fikricha, maʼnaviy ehtiyojning maʼlum turlari, axloqiy xulq-atvorga odat qilish asosida shakllanadi. Inson qayerga bormasin, insonlar bilan muloqot oʻrnatishi, shaxslararo munosabatlar doirasiga kirishiga toʻgʻri keladi va bunga ehtiyoj ham sezadi.
Inson ijtimoiy xulqini tartibga solish va boshqarishda ijtimoiy odatlar muhim ahamiyat kasb etadi. Ijtimoiy xulq namunalarining koʻp marta takrorlanishi odat tusiga kiradi. Shaxs ijtimoiy xulqi, odobini tartibga solishda affiliatsiya motivi bilan birgalikda milliy urf-odatlarning ham xizmati katta boʻlib, ular ongni ortiqcha zerikishdan holi qiladi va kishilardagi istak va maqsadlar birligini yuzaga keltiradi.
Tashqi stimul hisoblangan milliy urf-odatlar, anʼanalar ijtimoiy xulqni barqarorlashtiradi, maʼnaviy qiyofani shakllantirishga asosiy omillardan biri boʻlib xizmat qiladi.
Yoshlarning maʼnaviy qiyofasi odob-axloqida koʻrinib turadi. Shuni ham taʼkidlash muhimki, baʼzi yoshlarda odob-axloq “ehtiyoj” deb qabul qilinsa, baʼzilarida esa “majburlash” sifatida qabul qilinadi. Buning sababi, har bir shaxsning individualligidadir.
Demak, maʼnaviy qiyofani shakllantirishda har bir bolaning oʻziga xos xususiyatini anglash, unga individual yondashish zarur.
Jamiyatda axloqiy yuksaklik darajasini fuqarolarning axloqiy madaniyati, maʼnaviy qiyofasi belgilaydi. Axloqiy madaniyat shaxsning jamiyat axloqiy tajribalarini egallashi, bu tajribalardan boshqa odamlar bilan boʻlgan munosabatlarida foydalanishi, oʻz-oʻzini muntazam takomillashtirib borishi singari jihatlarni oʻz ichiga oladi.
Zero, axloqiy madaniyat axloqiy tafakkurning qator unsurlarini oʻz ichiga olgan tuzilmadir. U shaxsning oʻzgalar bilan oʻzaro munosabatlarida namoyon boʻladi. Axloq — shaxs taraqqiyotining yuqori bosqichi boʻlgan maʼnaviy komillikning poydevorini tashkil etadi.
Avaz MAMAJONOV,
Sergeli tumani xalq taʼlimi boʻlimi mudiri.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
- Komiljonov Muxammadsolih Sobirjon oʻgʻlining “Salomatlik landshaftlarini tashkil etish tamoyillarini ishlab chiqish” mavzusidagi (arxitektura fanlari boʻyicha) falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining himoyasi eʼloni
- Ukrainada jurnalistlarni olib ketayotgan avtomobil dronlar hujumiga uchradi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring