Yoshlarning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish boʻyicha ham yangi tizim boʻladi
Chet tilini oʻqitishga eʼtibor tufayli xususiy til markazlari soni 6 mingdan ortdi. Bugungi kunda 1,5 million yoshlarimiz boʻsh vaqtini chet tilini oʻrganishga bagʻishlamoqda.
Lekin shu bilan birga, yaqinda 100 ming nafar yoshlar oʻrtasida oʻtkazilgan soʻrovnomada yoshlar futbol, voleybol, stol tennisi va badminton kabi sport turlari bilan shugʻullanishga qiziqishi, boʻsh vaqtini kibersport bilan oʻtkazishini, kitobxonlik, musiqa, raqs, karaoke, teatr va kino boʻyicha infratuzilmaga ehtiyoj borligini aytgan, oilaviy aylanish uchun xiyobon va sayilgohlar tashkil etilishini soʻragan.
Shu munosabat bilan viloyat markazlarida, keyinchalik tumanlarda butun hafta kechayu kunduz ishlaydigan “Yoshlar sayilgohlari”ni tashkil etish topshirildi.
Bu joylarda kibersport, sport va intellektual oʻyingohlar, karaoke klublari, teatr, moda podiumlari, buk-kafe, kovorkinglar va boshqa koʻngilochar joylar tashkil etilishi kerakligi koʻrsatib oʻtildi.
Istirohat bogʻlari, xiyobonlarda ijodiy va kino kechalari, raqslar, diskotekalar, viktorinalar, “Quvnoqlar va zukkolar” va boshqa bilimga chorlaydigan va koʻngilochar, tomoshabinlar talabiga mos tadbirlarni yoʻlga qoʻyish topshirildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekiston armiyasi Markaziy Osiyoda birinchi o'rinda — dunyo armiyalari reytingi eʼlon qilindi
- “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofoti xalqaro darajaga koʻtarilmoqda
- Oʻzbekistonda ilmiy laboratoriyalarning sunʼiy intellektga asoslangan yagona ilmiy platformasi ishga tushiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring