Yoshlarga tadbirkorlik uchun kreditlar ajratildi

12:08 06 Avgust 2024 Jamiyat
126 0

Saminjon HUSANOV/“Xalq soʻzi”. Andijon viloyatida yoshlar bandligini taʼminlashda dehqonchilik qilishlari uchun yer maydonining ajratib berilishi muhim ahamiyat kasb etmoqda. Jumladan, Baliqchi tumanida 204 gektar yerning 15 sotixdan ajratib berilishi natijasida 1416 nafar yoshlar daromad manbaiga ega boʻldi.

— Ishsiz boʻlganim bois mahalla faollari tomonidan 15 sotixli yer maydoniga ega boʻldim, — deydi tomorqachi Azizbek Isroilov. — Hozircha kartoshkadan 6 mln. soʻm daromad oldim. Boʻshagan yer maydoniga mosh ekdim. Andijon viloyatida ochiq maydondagi yerdan kamida uch marta hosil olish imkoni mavjudligini hisobga olsak, yaxshigina daromad olish imkoniga egaman.

Yoshlarning yer maydonidan unumli foydalanishi uchun barcha sharoitlar yaratilmoqda. Jumladan, har biriga 38 mln. soʻmgacha boʻlgan miqdorda kredit mablagʻlari ajratish yoʻlga qoʻyildi. Bu mablagʻ hisobiga urugʻ, mineral oʻgʻit va minitraktor sotib olish mumkin. Dehqonchilik sir-sinoatlarini oʻrganishlari uchun 95 nafar fermer va tajribali dehqonlar biriktirilib, ular tomonidan mahorat darslari tashkil etilmoqda. Bir soʻz bilan aytganda, bandligi taʼminlangan yoshlarga endilikda daromadni oshirish sirlari oʻrgatilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер