Yoshlar va innovatsiyalar maskani

12:04 05 Avgust 2025 Jamiyat
154 0

Andijon shahridagi Yoshlar texnoparkida yuzlab yigit-qizlar ilm-fan, innovatsion faoliyat bilan shugʻullanish, zamonaviy kasblarni egallash, istiqbolli loyihalarini amaliyotga tatbiq etish imkoniga ega boʻlmoqda.

— Mening “Space Agro” loyiham “Innovatsion yoshlar” dasturi doirasida 200 ming AQSH dollariga baholandi, — deydi Andijon qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar instituti talabasi Muhammadusmon Adashev. — Shundan 10 foizli ulush sifatida 20 ming dollar miqdoridagi mablagʻ loyihani shakllantirishga yoʻnaltirildi. Ushbu loyiha qishloq xoʻjaligida yer unumdorligini oshirishdan tortib yuqori hosil olishgacha boʻlgan jarayonni oʻrgatadi. Men bunga Yoshlar texnoparkidagi imkoniyatdan unumli foydalanish orqali erishdim.

Ushbu maskanda shu kungacha 82 ta loyiha shakllantirilib, mahalliy va xalqaro tanlovlarga tavsiya etildi. Natijada 29 ta loyihaga 8,3 mlrd. soʻmlik investitsiya jalb qilindi.

Saminjon HUSANOV,

“Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер