Tramp: AQSH Venesuelaga zarba berishni rejalashtirmayapti
AQSH prezidenti Donald Trampning taʼkidlashicha, Vashington Venesuela hududiga harbiy zarbalar uyushtirish masalasini koʻrib chiqmayapti. Bu haqda TASS xabar berdi.
Prezidentdan AQSHning Venesuelaga hujum qilish rejalari bor-yoʻqligi soʻralganida, u qisqa qilib:
“Yoʻq”, — deb javob berdi.
Bungacha The Wall Street Journal AQSH maʼmuriyati Venesuelada giyohvand moddalar kontrabandasida foydalanilayotgan deb gumon qilingan bir qator obyektlarni aniqlagani va ularga havo zarbalari berilishi mumkinligi haqida yozgandi.
Donald Tramp avvalroq Vashington maʼmuriyati AQSHga noqonuniy narkotik moddalar oqimini taʼminlayotgan kartel aʼzolarini yoʻq qilishga qatʼiy bel bogʻlaganini bildirgan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- “Real Madrid” magʻlubiyatga uchradi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring