Senat Oʻzbekiston, Qirgʻiziston va Tojikiston oʻrtasida davlat chegaralari tutashgan nuqtasi toʻgʻrisidagi Shartnomani ratifikatsiya qilish qonunini maʼqulladi
Senatning 11-yalpi majlisida “Oʻzbekiston Respublikasi, Qirgʻiziston Respublikasi va Tojikiston Respublikasi oʻrtasida uch davlatning davlat chegaralari tutashgan nuqta toʻgʻrisidagi Shartnomani (Xoʻjand, 2025-yil 31-mart) ratifikatsiya qilish haqida”gi Qonun muhokama qilindi.
Mazkur Shartnoma Markaziy Osiyodagi uch qoʻshni davlat — Oʻzbekiston, Qirgʻiziston va Tojikiston — davlat chegaralari tutashgan nuqtasini aniq belgilab, uning huquqiy asoslarini xalqaro hujjat darajasida mustahkamlaydi hamda qoʻshni davlatlar bilan chegara masalalarini hal etishda izchil va huquqiy asoslangan yondashuvni aks ettiradi.
Maʼlumki, ushbu tarixiy Shartnoma Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyevning Markaziy Osiyoda yaxshi qoʻshnichilik va barqarorlikni taʼminlash boʻyicha tashabbuslari va saʼy harakatlari bilan imzolangan edi.
Hujjat uch tomonlama kelishuvlarni institutsional darajada mustahkamlab, mintaqada huquqiy aniqlikni taʼminlash hamda davlatlar oʻrtasidagi oʻzaro hamjihatlik, yaxshi qoʻshnichalik va doʻstlikni yanada mustahkamlashga qaratilgan.
Muhokamada soʻzga chiqqan senatorlar taʼkidlaganidek, mazkur Shartnoma Markaziy Osiyo mintaqasida tinchlik va barqarorlikni taʼminlash, qardosh mamlakatlar oʻrtasidagi ishonch va doʻstlik rishtalarini mustahkamlash hamda mintaqaviy hamkorlikni chuqurlashtirishga xizmat qiladi.
Muhokama yakunida Qonun senatorlar tomonidan maʼqullandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Hokim yordamchisi kimga yordamchi?
- Toshkent shahrida Markaziy Osiyo davlatlari va Koreya Respublikasi parlamentlari rahbarlarining III yigʻilishi oʻz ishini boshladi
- Poytaxtga avtomobillar kirishiga hech qanday taqiq yoʻq — Toshkent shahar hokimligi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring