Yoshlar va biznesni qoʻllab-quvvatlash yilida islohotlar samaradorligini oshirish masalalari koʻrib chiqildi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 10-yanvar kuni iqtisodiy rivojlanish, samarali boshqaruv va xalqaro hamkorlik masalalari boʻyicha maslahatchi Suma Chakrabarti bilan amaliy uchrashuv oʻtkazdi.
“Oʻzbekiston — 2030” strategiyasi doirasidagi ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi va ularning samaradorligini oshirish borasidagi navbatdagi qadamlar koʻrib chiqildi.
Strategiyani yurtimizda Yoshlar va biznesni qoʻllab-quvvatlash yili deb eʼlon qilingan 2024-yilda amalga oshirishning amaliy jihatlariga alohida eʼtibor qaratildi.
Xorijiy investitsiyalarni jalb qilishni faollashtirish, tadbirkorlik va xususiy mulk uchun keng imkoniyatlarni shakllantirish, fan, innovatsiyalar va IT sohasini rivojlantirish, “yashil” va raqamli texnologiyalarni joriy qilish kabi yoʻnalishlarda ichki zaxiralarni yanada samarali ishga solish va xorijiy hamkorlar bilan sheriklikni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Yanvar oyida yuz nafardan ortiq amerikalik oʻqish uchun Oʻzbekistonga keldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring