Yoshlar parlamenti va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent shahar Kengashi o‘rtasida memorandum imzolandi

Foto: Yunus Bo‘riyev / “Xalq so‘zi”
Joriy yilning 14-avgust kuni O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent shahar Kengashi masʼul xodimlari hamda Ittifoqning oliy taʼlim muassasalaridagi boshlang‘ich tashkilot yoshlar yetakchilari Senatda bo‘ldi.
Uchrashuvda Oliy Majlis Senati huzuridagi Yoshlar parlamenti va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent shahar Kengashi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi.
Memorandumdan ko‘zlangan asosiy maqsad yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishda hamda yoshlarda huquqiy bilim va ko‘nikmalarni shakllantirishda hamkorlik qilish, talaba-yoshlarni qonun ijodkorligi jarayonlari va normativ-huquqiy hujjatlar ijrosi borasida jamoatchilik monitoringini olib borishga jalb etish, seminar, konferensiya hamda davra suhbati kabi tadbirlarni muntazam ravishda birgalikda o‘tkazib borishdan iborat.
Memorandumda Yoshlar parlamenti Yoshlar ittifoqi bilan bir qator yo‘nalishlarda hamkorlik olib borishi belgilab qo‘yildi.
Oliygohlarda tahsil olayotgan talabalar o‘rtasida huquqiy savodxonlikni oshirish, muammo va takliflarini masʼul tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish, siyosiy-huquqiy ruhdagi media loyihalarni ishlab chiqish shular jumlasidandir.
Uchrashuvdan so‘ng ishtirokchilar Senat binosi va uning faoliyati bilan tanishib, Yoshlar parlamentining maqsad va vazifalari hamda tashkiliy tuzilmasi haqida atroflicha maʼlumot oldilar.
Foto: Yunus Bo‘riyev / “Xalq so‘zi”
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda dollar kursi pastladi
- “Bunyodkor” murabbiyi Sergey Arslanov vafot etdi
- Qondagi glyukozani pasaytirish uchun kechki ovqatlanishning ideal vaqti maʼlum boʻldi
- Kamchatka sohillaridagi kuchli zilziladan soʻng Oʻzbekiston Konsulligi vatandoshlarimizga murojaat qildi
- Sardobaning siri nimada?
- Toshkentda “Iqtisodiyot va biznes boshqaruvi sohalarida ilgʻor tadqiqotlar” mavzusidagi xalqaro ilmiy simpozium oʻtkazildi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring