“Yoshlar kutubxonasi” barpo etildi
Buxoro viloyatining Vobkent tumanidagi “Soʻfidehqon” mahallasida qad rostlagan shinamgina binodan qishloq oʻgʻil-qizlarining qadami uzilmayapti. Peshtoqida “Yoshlar kutubxonasi” yozuvi tushirilgan bu maskan kitobsevar bolalarga yozgi taʼtilni mazmunli oʻtkazish imkoniyatini yaratdi.
— Mazkur ziyo maskani Vazirlar Mahkamasining “2020 – 2025-yillarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash milliy dasturini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori ijrosi doirasida barpo etildi, — deydi tuman hokimligi matbuot xizmati rahbari Shuhrat Sharipov. — 950 million soʻm miqdoridagi mablagʻ evaziga qad rostlagan goʻsha uch mingta kitob fondiga ega. Unda “Ibrat farzandlari” chet tillarini oʻrganish xonasi, oʻquv zali, shaxmat-shashka xonasi ham mavjud. Maskan zamonaviy axborot texnologiyalari bilan jihozlangan.

Eʼtiborlisi, bu yerda soʻfidehqonlik ziyolilarni ham tez-tez uchratish mumkin. Ulardan biri — tajribali pedagog R. Eshonova.
— Kitob inson baxtu saodatining kalitidir, — deydi u. — Farzandini kitobga oshno etgan hech bir oila yutadiki, yutqazmaydi. Shu nuqtayi nazardan mahallamizda shunday zamonaviy kutubxonaning barpo etilgani ayni muddao boʻldi. Boʻsh paytlarimda men ham bu yerga kelib, qishlogʻimiz oʻgʻil-qizlarining qanday kitoblarni oʻqishayotgani bilan qiziqaman, ularga tavsiyalar beraman.
Istam IBROHIMOV,
“Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring