Yoshlar ishlari agentligi mahallalardagi vakillari uchun trenerlar tayyorlashni boshladi
Yoshlar ishlari agentligi mahallalardagi vakillari uchun hududlarda seminar-treninglar tashkil etuvchi trenerlarni tayyorlash maqsadida yangi loyiha tashkil qildi.
Mazkur loyiha doirasida oʻquv-seminar mashgʻulotlari boʻlib oʻtdi. Davlat boshqaruvi akademiyasi, Yoshlar muammolarini oʻrganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti professor-oʻqituvchilari, Yoshlar ishlari agentligi hamda boshqa masʼul vazirlik va idoralar mutaxassislari tomonidan Mudofaa, Ichki ishlar vazirliklari xodimlari, Milliy gvardiyaning faxriy ofitserlari va professor-oʻqituvchilardan iborat 220 nafar trener tinglovchilarga 2 kun davomida nazariy va amaliy bilim berildi.
Jumladan, ishtirokchilar mahalladagi yoshlar bilan manzilli ishlash, ularning muammolarini hal etish, “Yoshlar daftari” va yoshlar dasturlarini shakllantirish va ularning ijrosini taʼminlash, “Besh muhim tashabbus” ijrosini taʼminlash, hokim yordamchilari bilan birgalikda yoshlarning kasb koʻnikmalarini shakllantirish va bandligini taʼminlash boʻyicha nazariy bilimlari va amaliy koʻnikmalarini oshirib, mahallalardagi vakillar uchun treninglarni tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha tegishli maʼlumotlarga ega boʻlishdi.
Tayyorgarlikdan oʻtgan ishtirokchilar joriy yilning noyabr-dekabr oylarida har bir shahar va tumanlarda tashkil etiladigan seminar-treninglarda Yoshlar ishlari agentligining mahalladagi vakilligiga saralab olingan nomzodlar bilan oʻquv treninglar olib borishi rejalashtirildi.
Oʻquv mashgʻulotlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida boʻlib oʻtdi.
Madina G'uzorova, "Xalq so'zi".
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring