Yoshga doir pensiyalarni proaktiv shaklda tayinlash tartibi joriy etiladi

14:43 06 Yanvar 2024 Jamiyat
255 0

Foto: “Xalq soʻzi”

“Aholiga pensiya tayinlash boʻyicha koʻrsatiladigan davlat xizmatlari sifatini yanada oshirishga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi Prezident qarori (PQ–353-son, 31.10.2023-y.) qabul qilindi.

Qarorga koʻra, 2024-yil 1-yanvardan:

fuqarolarga pensiya tayinlash uchun amaldagi tartibga qoʻshimcha ravishda ularning xohishiga koʻra DXM yoki YAIDXP (my.gov.uz) orqali ham murojaat qilish huquqi beriladi;

fuqarolar pensiya tayinlanganidan soʻng shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaraqlaridagi mablagʻlarini YAIDXP yoki AT “Xalq banki”ning mobil ilovasi orqali olishi mumkin boʻladi.

Bunda, Pensiya jamgʻarmasi tuman (shahar) boʻlimlari tomonidan shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaraqlaridagi mablagʻlarni olish huquqini beruvchi sertifikat berish tartibi bekor qilinadi.

2025-yil 1-martdan fuqarolarga yoshga doir pensiyalarni “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida»gi Qonunda belgilangan yoshga toʻlishi munosabati bilan alohida murojaat talab etmagan holda proaktiv shaklda tayinlash tartibi joriy etiladi.

Bunda, yoshga doir pensiyalar Pensiya jamgʻarmasining axborot tizimi orqali tegishli vazirlik va idoralararo axborot almashinuvi asosida olinadigan fuqaroning ish staji, ish haqi hamda boshqa maʼlumotlariga asosan hisoblanadi va tayinlanadi.

Fuqarolarga pensiya yoshiga yetib mehnat faoliyatini davom ettirgan holda keyinchalik yoshga doir pensiyaga chiqish istagini bildirganida proaktiv shaklda tayinlangan pensiyani rad qilish huquqi beriladi.

2025-yil 1-martgacha fuqarolarga pensiya tayinlanishi yoki pensiya miqdoriga taʼsir qiluvchi qoʻshimcha hujjatlarni taqdim etish yuzasidan fuqaroning mobil aloqa vositasiga SMS-xabar yuborish tartibi joriy etiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер