“Yosh jurnalist va blogerlar klublari” tashkil etiladi
Hukumatning davlat organlari faoliyatini yoritish uchun ijtimoiy tarmoqlar va ommaviy axborot vositalaridan foydalanishni takomillashtirishga doir qaror loyihasi muhokamaga qoʻyildi.
Loyihaga koʻra, mahalliy davlat hokimiyati organlari, Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi, Oʻzbekiston Yoshlar Ittifoqi, Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti bilan birgalikda hududlarda yoshlarning axborot makonida erkin ijodiy faoliyat olib borishlari uchun qulay shart-sharoitlarga ega “Yosh jurnalist va blogerlar klublari” tashkil etiladi.
Agentlik mazkur klublar aʼzolari orasidan Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti tavsiyasi asosida saralangan iqtidorli yoshlarni turli miqyosdagi matbuot anjumanlari, brifinglar, oʻquv-seminarlar hamda boshqa axborot tadbirlarida bevosita ishtirok etib, tajriba toʻplashida amaliy yordam koʻrsatadi.
Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston milliy axborot agentligi, “Yangi Oʻzbekiston” gazetasi saralangan yosh jurnalist va blogerlarni oʻzining markaziy yoki hududiy tahririyatlarida amaliyot oʻtash grafigini shakllantiradi hamda muvaffaqiyatli amaliyot oʻtagan isteʼdodli yoshlarni vakant ish oʻrinlariga qabul qiladi yoxud kadrlar zahiralari roʻyxatiga kiritadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Dual taʼlim — yetuk mutaxassis tayyorlash kafolati
- “Oʻzbekiston – dunyoga hali ochilmagan ilm xazinasi” — Xalqaro avtomobil federatsiyasi Prezidenti
- Ona tili va adabiyot fanidan mustaqil oʻqish uchun tavsiya etilgan badiiy asarlar roʻyxati eʼlon qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring