Yosh polvonlarimiz Osiyo chempionatini muvaffaqiyatli boshlashdi

11:50 06 Iyul 2022 Sport
769 0

Bahraynning Manama shahrida sport kurashlari boʻyicha 20 yoshgacha boʻlgan polvonlar oʻrtasida Osiyo chempionati boshlandi. Birinchi kun doirasida “klassik” kurashchilarimiz 4 ta medalga sazovor boʻlishdi.

-77 kg. vazn toifasida ishtirok etgan Samandar Bobonazarov barcha raqiblarini magʻlubiyatga uchratib, qitʼa chempionligini qoʻlga kiritdi. Azamatjon Abdubannobov (-87 kg.) hamda Temurbek Nasimov (-130 kg.) shohsupaning ikkinchi pogʻonasiga koʻtarilgan boʻlsalar,, Alisher Gʻaniyev (-55 kg.) bronza medali bilan taqdirlandi.

Shu tariqa, dastlabki kun vakillarimiz uchun 1 ta oltin, 2 ta kumush va 1 ta bronza medallari bilan yakunlandi. Bugun musobaqa doirasida yunon-rum kurashi bahslari davom etadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?