Yosh chavandozimiz Germaniyadagi nufuzli musobaqada ishtirok etdi

17:16 05 Iyul 2022 Sport
648 0

Germaniyaning Axen shahrida ot sportining konkur yoʻnalishi boʻyicha Butunjahon yoshlar oʻyini turniri boʻlib oʻtdi. Unda dunyoning eng sara 30 mamlakat vakillari orasida hamyurtimiz Abdurahmon Abdullayev ham ishtirok etdi.

Yosh chavandozimiz bellashuvlarning mintaqaviy yoʻnalishida Osiyo sharafini himoya qildi. Yakuniy natijalarga koʻra, Shimoliy Amerika jamoasi oltin, Yevropa vakillari kumush va afrikaliklar esa bronza medaliga sazovor boʻlishdi. Qitʼadoshlarimiz bu borada toʻrtinchi natijani qayd etdilar. Shaxsiy birinchilik boʻyicha Abdullayev 30 chavandoz orasida 19-natijani koʻrsatdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?