Yopiq guruh suhbati: Yamanga hujum boʻyicha yangi tafsilotlar oshkor etildi

17:18 27 Mart 2025 Dunyo
159 0

“The Atlantic” nashri AQSHning Yamanga qilgan zarbalari muhokama qilingan “Signal” ilovasidagi maxfiy suhbat yozishmalarini eʼlon qildi. Nashrda keltirilgan skrinshotlarda suhbat ishtirokchilarining roʻyxati, hujumning aniq muddatlari, ishlatilgan qurol turlari hamda havo zarbalariga oid batafsil maʼlumotlar aks etgan.

Avvalroq, Oq uy ushbu suhbatda hech qanday maxfiy maʼlumot yoʻqligini maʼlum qilgan edi. Biroq eʼlon qilingan skrinshotlar hujumdan ikki soat oldin u yerda qanday samolyotlar parvoz qilishi, qachon raketalar uchirilishi haqida aniq maʼlumot berilganini koʻrsatmoqda. Xususan, AQSH mudofaa vaziri Pit Xegset suhbat davomida F-18 qiruvchi samolyotlari va MQ-9 zarba dronlarining uchish vaqtini, shuningdek, dengizda joylashgan “Tomagavk” qanotli raketalarini uchirish rejasini eʼlon qilgan. Biroz vaqt oʻtgach, Donald Trampning milliy xavfsizlik boʻyicha yordamchisi Mayk Uolts hujum natijalari haqida xabar bergan.

Oʻz navbatida, AQSH vitse-prezidenti J.D. Vens “The Atlantic” nashrining bosh direktori Jeffri Goldberg suhbatdagi maʼlumotlar ahamiyatini sunʼiy ravishda oshirib yuborganini taʼkidladi.

“Suhbatda kim ishtirok etayotganini aniqlamaslik katta ehtiyotsizlik. Buni “Signal”da muhokama qilish esa mutlaqo beparvolik. Milliy xavfsizlik boʻyicha maslahatchi sifatida siz bunday qilmas edingiz”, — degan Politico nashri suhbatdoshlaridan biri.

Hukumatga yaqin yana bir manbaning taʼkidlashicha, Oq uydagi baʼzi amaldorlar Mayk Uoltsni masxara qilgan. Shuningdek, mazkur voqea Tramp maʼmuriyatining umumiy siyosatini jiddiy oʻzgarishga olib kelmasligi, biroq Uoltsning kelajagiga salbiy taʼsir koʻrsatishi mumkinligi aytilgan.

Oq uy vakillaridan biri Uoltsga xatosini tan olish uchun bosim oʻtkazilayotganini maʼlum qildi. Bu uning isteʼfoga chiqish ehtimolini oshiradi, ammo yakuniy qarorni Tramp qabul qiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер