“Yashil makon” loyihasi amalda
Bu yilgi kuz-qish mavsumi davomida Samarqand viloyati boʻyicha “Yashil Makon” umummilliy loyihasi doirasida 27 turdagi iqlim sharoitiga mos 10 million 200 ming tupdan ortiq mevali, manzarali va butasimon koʻchatlar ekilmoqda. Buning uchun viloyatdagi 10 ta oʻrmon xoʻjaligi va xususiy sektorlar tomonidan 14 million tup koʻchat zaxirasi yaratilgan.
Daraxt koʻchatlari asosan, boʻsh yer maydonlari, qishloq xoʻjaligi ekin maydonlari hamda avtomobil yoʻllari chetlariga “Yashil belbogʻ” tarzida ekilmoqda. Yerning unumdorligi, sugʻorish tizimlari yaratilishiga ham jiddiy eʼtibor qaratilyapti.

Xususan, “Yashil Makon” loyihasi doirasida tashkil etilayotgan bogʻlarni sugʻorish uchun viloyatda 32 ta sugʻorish quduqlari va 64 kilometr masofada sugʻorish tarmoqlari tortilmoqda.
Misol uchun Nurobodning Nurbuloq shaharchasidan tuman markaziga yoʻl olsangiz, beixtiyor yoʻl boʻylab ekilgan koʻchatlarga koʻzingiz tushadi. Eʼtiborlisi, har 200-300 metrda quyosh batareyalari qad rostlagan. Undan hosil boʻlgan elektr hisobiga quduqlardan suv chiqariladi, tomchilatib sugʻorish tizimi orqali ekilgan koʻchatlarga suv yetkaziladi.

Paxtachi tumanida esa dashtda “Yashil belbogʻ” barpo etilmoqda. Gap shundaki, Fay mahallasidan Qarnabota qishlogʻiga borish yoʻlining 20 kilometr uzunlikdagi qismini ikki tarafiga toʻliq 6 metr enlilikda Saksovul boʻta koʻchat urugʻi sepilmoqda.
Bu orqali dashtda “Yashil belbogʻ” shakllanib, chang toʻzonlarni tarqalishini oldi olinishiga va hudud haroratini moʻtadillashishiga erishiladi.
Abdulaziz YOʻLDOSHEV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring