Yashil yertoʻla, tabiat va texnologiya uygʻunligi — tobora farovonlashib borayotgan Fargʻona viloyatidan fotoreportaj

01:47 30 May 2025 Jamiyat
640 0

Foto: Yunus Boʻriyev/“Xalq soʻzi”

“Xalq soʻzi” va “Narodnoye slovo” gazetalari ijodiy jamoasining vodiy viloyatlariga qilgan xizmat safari davom etadi. Ijodiy jamoamiz bilan birgalikda bugun, 29 may kuni Fargʻona viloyatiga tashrif buyurib, hududning tobora zamonaviy qiyofaga kirib borayotganiga guvoh boʻldik.

Safarimiz davomida bizni eng hayratga solgan manzillardan biri Fargʻona shahridagi “Green Organic” mikroorganik oʻsimliklar yetishtirish kooperatsiyasi boʻldi. Qiziq tomoni shundaki, bu korxona shahardagi koʻp qavatli uylardan birining yertoʻlasida tashkil etilgan.

Foto: Yunus Boʻriyev/“Xalq soʻzi”
Foto: Yunus Boʻriyev/“Xalq soʻzi”

 

Foto: Yunus Boʻriyev/“Xalq soʻzi”

Ushbu majmuada 45 turdan ortiq mikroorganik oʻsimliklar yetishtirilmoqda. Mahsulotlar yurtimizdagi koʻplab mehmonxonalar, restoranlar hamda umumiy ovqatlanish tarmoqlariga yetkazib beriladi. Korxonada 30 dan ortiq ishchi doimiy faoliyat yuritib, barqaror maosh bilan taʼminlangan.

Foto: Yunus Boʻriyev/“Xalq soʻzi”

Mikroorganik oʻsimliklar yetishtirish jarayoni nafaqat jismoniy mehnatni yengillashtiradi, balki samarali vaqt boshqaruvini ham taʼminlaydi. Eng asosiysi, bunday amaliy tajribalar xodimlarning ushbu yoʻnalishdagi bilim va koʻnikmalarini oshirishga xizmat qilmoqda.

Foto: Yunus Boʻriyev/“Xalq soʻzi”

Shuningdek, viloyatning Yozyovon tumanida “Zarbdor tajribasi” doirasida bir qancha muhim loyihalar hayotga tatbiq etilmoqda. Jumladan, tumanning markaziy stadioni “Tashabbusli byudjet” doirasida 1 milliard 360 million soʻm mablagʻ evaziga mukammal taʼmirlanib, foydalanishga topshirilish arafasida turibdi.

Foto: Yunus Boʻriyev/“Xalq soʻzi”
Foto: Yunus Boʻriyev/“Xalq soʻzi”

Mazkur stadionga 1200 ta zamonaviy oʻrindiqlar oʻrnatilgan, 400 metrli yugurish yoʻlakchasi, universal sport maydoni, workout va yengil atletika sektorlari zamonaviy qiyofada taʼmirdan chiqarilgan.

Foto: Yunus Boʻriyev/“Xalq soʻzi”

Bundan tashqari, Prezidentimizning 2023-yil 25-dekabrdagi "2024-2026-yillarda Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi qarori ijrosi boʻyicha 12 milliard 548 million soʻm mablagʻ sarflanib, tugʻruqxona majmuasi, laboratoriya, bolalar va terapiya binolari toʻliq rekonstruksiya qilingan.

Foto: Yunus Boʻriyev/“Xalq soʻzi”

Shuningdek, “Yangi Oʻzbekiston” massivlarida uy-joy qurilishlari ham bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Prezidentning 2021-yil 9-dekabrdagi PF-32-son Farmoniga muvofiq, dastlabki bosqichda viloyatda jami 104 ta, 3880 xonadondan iborat koʻp qavatli uy-joylar qurilishi rejalashtirilgan edi.

Foto: Yunus Boʻriyev/“Xalq soʻzi”

2024-yil yakuni boʻyicha bu massivlarda 11 ta, 284 xonadondan iborat uylar qurilib, foydalanishga topshirilgan. Ayni vaqtda yana 19 ta, 556 xonadondan iborat uy-joylarda qurilish-montaj ishlari davom ettirilmoqda.

Keyingi manzilimiz, Fargʻona viloyati Yozyovon tumani Yangiobod MFYda joylashgan “Yozyovon suv ombori” boʻldi. Mazkur suv ombori hududida baliqchilik xoʻjaliklari faoliyatiga ham ruxsat berilgan. Suv ombori atrofidagi boʻsh turgan 300 gektar yerlar oʻzlashtirilib, yashil hududlar tashkil etilayotgani Prezidentimiz tashabbusi bilan boshlangan “Yashil makon” loyihasining amaliy samaralaridan biridir.

Foto: Yunus Boʻriyev/“Xalq soʻzi”
Foto: Yunus Boʻriyev/“Xalq soʻzi”
Foto: Yunus Boʻriyev/“Xalq soʻzi”
Foto: Yunus Boʻriyev/“Xalq soʻzi”
Foto: Yunus Boʻriyev/“Xalq soʻzi”
Foto: Yunus Boʻriyev/“Xalq soʻzi”
Foto: Yunus Boʻriyev/“Xalq soʻzi”
Foto: Yunus Boʻriyev/“Xalq soʻzi”
Foto: Yunus Boʻriyev/“Xalq soʻzi”
Foto: Yunus Boʻriyev/“Xalq soʻzi”

Qisqa fursatlarda bu yerda yashillik bilan birga zamonaviy dam olish maskanlari, xizmat koʻrsatish obyektlari barpo etilishi ham rejalashtirilgan.

Kun yakunida esa shaharning kechki va tungi manzaralarini ham kameramiz obyektiviga muhrladik. Yoritilgan xiyobonlar, zamonaviy arxitektura — bularning barchasi Fargʻona viloyatining kundan-kunga chiroy ochib borayotganidan dalolatdir.

Foto: Yunus Boʻriyev/“Xalq soʻzi”
Foto: Yunus Boʻriyev/“Xalq soʻzi”
Foto: Yunus Boʻriyev/“Xalq soʻzi”
Foto: Yunus Boʻriyev/“Xalq soʻzi”
Foto: Yunus Boʻriyev/“Xalq soʻzi”
Foto: Yunus Boʻriyev/“Xalq soʻzi”
Foto: Yunus Boʻriyev/“Xalq soʻzi”
Foto: Yunus Boʻriyev/“Xalq soʻzi”
Foto: Yunus Boʻriyev/“Xalq soʻzi”
Foto: Yunus Boʻriyev/“Xalq soʻzi”
Foto: Yunus Boʻriyev/“Xalq soʻzi”
Foto: Yunus Boʻriyev/“Xalq soʻzi”
Foto: Yunus Boʻriyev/“Xalq soʻzi”
Foto: Yunus Boʻriyev/“Xalq soʻzi”
Foto: Yunus Boʻriyev/“Xalq soʻzi”
Foto: Yunus Boʻriyev/“Xalq soʻzi”
Foto: Yunus Boʻriyev/“Xalq soʻzi”
Foto: Yunus Boʻriyev/“Xalq soʻzi”
Foto: Yunus Boʻriyev/“Xalq soʻzi”

Yunus BOʻRIYEV, Otabek SAIDAHMADOV

“Xalq soʻzi”

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер