“Yashil energiya” sertifikati tizimi joriy etiladi
“Yashil energiya” sertifikatlari tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ–156-son, 12.05.2023-y.) qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, elektrning qayta tiklanuvchi manbalar asosida ishlab chiqarilganini tasdiqlovchi “yashil energiya” sertifikati tizimi quyidagi bosqichlarda joriy etiladi:
- 2023-yil 1-iyuldan – “Oʻzbekgidroenergo” AJdagi gidroelektr stansiyalarida ishlab chiqarilgan elektr uchun;
- 2023-yil 1-oktyabrdan – quyosh, shamol va gidroelektr stansiyalarida ishlab chiqarilgan elektr uchun.
Bitta “yashil energiya” sertifikati 1000 kVt*soat elektr ishlab chiqarilganligini tasdiqlaydi.
“Yashil energiya” sertifikatlari tizimini yuritish Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
Qayta tiklanuvchi manbalardan foydalanishga asoslangan generatsiya obyektlarining “yashil energiya” sertifikatlari savdosidan tushgan daromadlari foyda soligʻidan ozod etiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sogʻliqni saqlash vazirligi “Elektron retsept” tizimi boʻyicha rasmiy bayonot berdi
- Oʻzbekistonda naqd pulga uy-joy va mashina oldi-sotdisi bekor qilinadi
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Avstraliyada 16 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish taqiqlandi
- Uchinchi Renessansga eltuvchi maʼrifat koʻprigi: Oʻzbekiston—Pokiston hamkorligining yangi bosqichi
- Muhammad Saloh faoliyatini Saudiyada davom ettirishi mumkin
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring