Yaponiyaning nufuzli universiteti bilan davlat xizmatchilari taʼlimi boʻyicha hamkorlik masalalari muhokama qilindi
Boshqaruv samaradorligi agentligi vakillari Yaponiyaning Nagoya universiteti Osiyo hamkorlikni rivojlantirish departamenti direktori, Osiyo sunʼiy yoʻldosh kampuslari instituti (ASCI) direktori, professor A. Yamauchi boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv oʻtkazdi. Bu haqida agentlikning Telegram-kanalida xabar berildi.
Uchrashuv davomida davlat xizmatchilari uchun taʼlim dasturlarini yoʻlga qoʻyish, kadrlar salohiyatini oshirish va ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, Nagoya universiteti tomonidan amalga oshirilayotgan nufuzli ASCI doktorlik dasturi haqida ham maʼlumot berildi.
Ushbu ASCI doktorlik dasturi Nagoya universiteti tomonidan 2014-yilda ishlab chiqilgan boʻlib, Osiyo mintaqasida ilmiy salohiyatli va istiqbolli rahbar kadrlarni rivojlantirishga qaratilgan nufuzli dastur hisoblanadi. Ushbu dastur Oʻzbekistonda 2015-yildan boshlab amalga oshirilayotgan boʻlib, yosh va istiqbolli mutaxassislar uchun doktoranturada oʻqish imkonini beradi.
ASCI doktorlik dasturi davlat xizmatchilariga ish faoliyatini toʻxtatmagan holda, masofaviy tarzda 3-yil davomida tahsil olish va ilmiy izlanishlar olib borish imkonini ham yaratadi. Safar va tadqiqot xarajatlarining barchasi universitet tomonidan qoplanadi.
Shuningdek, uchrashuv yakunida 2026-2027 oʻquv yili uchun dasturda ishtirok etadigan nomzodlar roʻyxatini shakllantirish hamda hamkorlikni rivojlantirish boʻyicha kelishuvga erishilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Oʻz xalqini Siz kabi chin dildan sevadigan davlat rahbarini uchratmadim – “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan
- Imtiyozli shartlarda pensiyaga chiqish huquqini beruvchi roʻyxatni tuzish tartibi belgilandi
- Ish bilan bogʻliq baxtsiz hodisalar va kasbga oid kasalliklar haqidagi maʼlumotlarning yaxlit tizimi yoʻqligi koʻrsatib oʻtildi
- Har bir hududda “Kasaba uyushmalari bogʻlari” tashkil etiladi
- Lamin Yamal “Barselona”ni tark etishi mumkin
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring