Yaponiyada yarim asrdagi eng dahshatli oʻrmon yongʻinlari kuzatilmoqda
Foto: Kyodo
Besh kundan beri Yaponiyada soʻnggi yarim asrdagi eng yirik oʻrmon yongʻinlari davom etmoqda.
Yongʻin Ivate prefekturasining Ofunato hududida 2600 gektarga yaqin maydonni qamrab olgan. Buning oqibatida hukumat 4000 ga yaqin odamni evakuatsiya qilishga majbur boʻldi. Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, bir kishi hayotdan koʻz yumgan, oʻnlab binolar vayron boʻlgan.
Yongʻin fevral oyidan soʻngi kunlari boshlangan. Bunga oʻsha paytda Ofunato atigi 2,5 mm yogʻingarchilik kuzatilgani sabab boʻlgan. Bu oʻrtacha oylik meʼyor — 41 mm.dan ancha past. Ayni paytda 2000 ga yaqin oʻt oʻchiruvchi va harbiy xizmatchilar, jumladan Tokiodan qoʻshimcha kuchlar ham yongʻin bilan kurashmoqda. Osmonda vertolyotlar ishlamoqda. Biroq ob-havo sharoiti yongʻinni oʻchirishga toʻsqinlik qilmoqda. Ayni kunlarda hududda qor yogʻishi kutilmoqda, u yomgʻirga aylanishi ham mumkin.
Yongʻin nafaqat aholi turar joylari, balki korxonalarga ham taʼsir koʻrsatdi. Xususan “Tayxeyyo sement” zavodi oʻz faoliyatini vaqtincha toʻxtatdi, mahalliy “Saitoseika” qandolat fabrikasi esa tahdid kuchaysa, yopilishi mumkinligi haqida ogohlantirdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring