Yaponiyada kuchli zilzila yuz berdi. Jabrlanganlar bor

Arxiv surat
Yaponiyaning Sikoku oroli yaqinida sodir boʻlgan kuchli zilzila oqibatida kamida toʻqqiz kishi jabrlandi. Tokio televideniyesi maʼlumotlariga koʻra, qurbonlar hayotiga tahdid yoʻq.
Mahalliy vaqt bilan chorshanba kuni soat 23:14 da Kyusyu va Sikoku orollari orasidagi Bungo boʻgʻozida 6,4 magnitudali zilzila sodir boʻldi. Keyinchalik zilzila magnitudasi 6,6 ga koʻtarildi.
Birinchi zilziladan soʻng 15 daqiqa ichida boʻgʻozda yana 5,0 va 4,3 magnitudali ikkita silkinish qayd etilgan.
«Taxminan bir hafta ichida 6 magnitudali zilzila sodir boʻlishi xavfi bor, shuning uchun sizdan hushyor boʻlishingizni soʻraymiz», deyildi Yaponiya meteorologiya agentligi matbuot anjumanida.
Zilzila natijasida bir qator hududlarda yoʻllar vayron boʻlgan, turar-joy binolari zarar yetgan, elektr va suv taʼminoti uzilgan.
Mintaqadagi atom elektr stansiyalarida nosozliklar qayd etilmagan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Yana bir bozor auksionga qoʻyildi
- Samarqand yana bir nufuzli forumga mezbonlik qiladi
- Oʻzbekiston pasporti xalqaro indeksda past natija qayd etdi
- Markaziy bank shoshilinch ogohlantirish bilan chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring