Yaponiya Qoraqalpogʻistonga zamonaviy tibbiy uskunalar taqdim qildi
Gʻayrat Otajonov/“Xalq soʻzi”. Qoraqalpogʻiston tibbiyot instituti qoshidagi klinikada Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi tomonidan zamonaviy tibbiy asbob-uskunalarning foydalanishga topshirilishiga bagʻishlangan tadbir boʻlib oʻtdi. Unda Yaponiyaning Oʻzbekistondagi elchisi Takashi Xatori, Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligining (JICA) prezidenti Yoshibumi Bito, Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining birinchi oʻrinbosari D.Sultanov, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi oʻrinbosari Sh.Daliyevlar ishtirok etdi.
Tadbirda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining Raisi Amanbay Orinbayev soʻzga chiqib, institut klinikasida yaratilayotgan imkoniyatlar mamlakatimizda tibbiyot sohada olib borilayotgan islohotlarining amaldagi koʻrinishi ekanini mamnuniyat bilan taʼkidladi. Ishtirokchilar zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar bilan tanishdi. Mutaxassislar tibbiy uskunalarning kasallikni aniqlash va davolashdagi samaradorligi haqida maʼlumot berdi.
— Mazkur klinika tibbiyot sohasida kadrlarni tayyorlashda asosiy taʼlim maskani boʻlib kelmoqda, — deydi Qoraqalpogʻiston tibbiyot instituti rektori O.Ataniyazova. — Soʻnggi 5 yilda institutga 10 million dollardan ortiq investitsiya mablagʻlari ajratildi. Klinikamizga Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi tomonidan 7,3 mln. dollarlik loyiha asosida zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar topshirilgani Orolboʻyida aholi salomatligini tiklash, kasalliklarni erta aniqlashda muhim oʻrin tutadi.
Bundan tashqari, 31 nomdagi tibbiy asbob-uskunalar, xalqaro standartlarga mos tibbiy laboratoriya va taʼlim jihozlari klinikaga taqdim qilinmoqda. Talabalar amaliy mashgʻulotlarni oʻzlashtirishi uchun innovatsion simulyatsiya markazi va tibbiy yordam koʻrsatish uchun barcha zarur uskunalar bilan jihozlangan Mobil klinika tashkil etildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Namanganda 3 ta yirik institut bitta universitetga birlashtiriladi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring