Yanvar-avgust oylarida Oʻzbekistonning import hajmi 28,5 milliard dollarini tashkil etdi
2025-yil yanvar-avgust oylarida Oʻzbekistonning import hajmi 28,5 mlrd AQSH dollarini tashkil etdi. Bu haqida Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumot berdi.
Xabarda aytilishicha, joriy yilning 8 oyi mobaynida Oʻzbekiston 170 dan ortiq mamlakatlardan tovar va xizmatlar importini amalga oshirgan.
2025-yilning yanvar-avgust oylarida Oʻzbekiston importidagi TOP-10 davlatlar quyidagicha taqsimlangan (AQSH dollarida):
- Xitoy – 8,5 milliard;
- Rossiya – 5,4 milliard;
- Qozogʻiston – 2,1 milliard;
- Turkiya – 1,2 milliard;
- Koreya Respublikasi – 1,1 milliard;
- Germaniya – 774 million;
- Hindiston – 734,3 million;
- Turkmaniston – 581,6 million;
- Belarus – 478,5 million;
- AQSH – 416,3 million;
- Boshqa davlatlar – 7,2 milliard.
Import hajmi oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 11,8 foizga oʻsgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring